A-Septin, 150 ml, sirop
- Ishlab chiqaruvchi
- BIO Resonance, ООО
75 ta dorixonada mavjud
49 000 soʻmdan
Eng past narx
49 000 soʻmdan
A-Septin qoʻllash yoʻriqnomasi
Qo'llash usuli va dozalari
A-SEPTIN ni qo'llash kasallik va uning kechishiga qarab belgilanadi.
Oshqozon-ichak trakti kasalliklari uchun: preparat suv bilan 1:5 nisbatda suyultiriladi (10 ml preparat / 50 ml suv).
Nafas yo'llari kasalliklari uchun: chayish uchun 1:3 nisbatda, ichga qabul qilish uchun — 1:5 nisbatda eritiladi.
Sirtqi qo'llash uchun: 1:3 nisbatda eritiladi va shikastlangan joyga surtiladi.
Stomatologik kasalliklar uchun: 1:3 nisbatda eritiladi va og'iz bo'shlig'i chayiladi.
Ginekologik kasalliklar uchun: 1:4 nisbatda eritiladi va mahalliy qo'llaniladi.
Qabul qilish davomiyligi shifokor tomonidan kasallikning klinik shakliga qarab belgilanadi.
Ishlatishdan oldin chayqatilsin.
Nojo'ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar bo'lishi mumkin.
Dozani oshirib yuborish
Dozani oshirib yuborish holatlari qayd etilmagan.
Boshqa preparatlar bilan o'zaro ta'siri
Sedativ vositalar va spazmolitiklar ta'sirini kuchaytiradi.
Maxsus ko'rsatmalar
Homiladorlik va emizish davrida faqat shifokor bilan maslahatlashgandan keyin qo'llash mumkin.
Chiqarilish shakli
150 ml flakon karton o'ramda, dorivor o'simliklar ekstraktlaridan tayyorlangan sirop, himoya plombasi, dozator va qo'llash bo'yicha yo'riqnoma bilan.
Saqlash sharoiti:
Quruq, toza, yorug'likdan himoyalangan joyda, +2°C dan past bo'lmagan va +25°C dan yuqori bo'lmagan haroratda, 70% gacha nisbiy namlikda saqlansin.
Yaroqlilik muddati:
2 yil. Ochilgandan keyin 15 kun davomida foydalanilsin.
O'ramda ko'rsatilgan yaroqlilik muddati o'tgandan keyin foydalanilmasin.
Dorixonalardan berish shartlari: retseptsiz.
Shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. Biologik faol qo'shimcha. Dori vositasi hisoblanmaydi.