Atoksil Gel, paketchalar №10
- Taʼsir qiluvchi modda
- Кремния диоксид высокодисперсный
- Ishlab chiqaruvchi
- Орисил-Фарм, ООО
165 ta dorixonada mavjud
93 500 soʻmdan
Eng past narx
93 500 soʻmdan
Atoksil Gel qoʻllash yoʻriqnomasi
Qo'llash usuli va dozalari
Kattalar va 14 yoshdan oshgan bolalar: kuniga 3 marta 1 tadan paketchadan. 7 yoshdan 14 yoshgacha bo'lgan bolalar: kuniga 2 marta 1 tadan paketchadan. Paketchadagi tarkibni 100-150 ml xona haroratidagi toza suvda eritib, yaxshilab aralashtiring va ovqatdan yoki dori vositalarini qabul qilishdan 1 soat oldin yoki 2 soat o'tgach iching. Davolash kursi 3-5 kunni tashkil etadi. Zarur bo'lganda, shifokor bilan maslahatlashgandan so'ng kursni takrorlash mumkin.
Nojo'ya ta'sirlari
Kam hollarda qabziyat bo'lishi mumkin. Uzoq muddat qo'llanilganda vitaminlar va minerallarning so'rilishi buzilishi mumkin. Nojo'ya reaksiyalar paydo bo'lganda qo'llashni to'xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat komponentlariga individual sezgirlik, oshqozon va o'n ikki barmoqli ichak yara kasalligining zo'rayish bosqichi, oshqozon-ichak qon ketishlari, o'tkir ichak tutilishi.
Maxsus ko'rsatmalar
Qo'llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. Preparatni homiladorlik va laktatsiya davrida ehtiyotkorlik bilan qabul qilish kerak.