Bio Smekta, 3 g, paketlar №30
- Ishlab chiqaruvchi
- Bio Max Pharm, OOO
Mavjud emas
Tanlangan shaharda bu dori hozir yoʻq
Bio Smekta qoʻllash yoʻriqnomasi
Paketchalar tarkibini ½ stakan iliq suvga solib, doimiy aralashtiring. Ovqatdan 1 soat oldin ichga qabul qiling.
1 yoshgacha bo'lgan bolalarga sutkasiga 1 paketchadan.
1 yoshdan 2 yoshgacha bo'lgan bolalarga sutkasiga 1-2 paketchadan.
2 yoshdan katta bolalarga - sutkasiga 2-3 paketchadan.
Kattalarga - sutkasiga 3 paketchadan. 3-7 kunlik davolash kursi tavsiya etiladi.
O'tkir diareyada qo'llash. Bolalarga, shu jumladan chaqaloqlarga: 3 kun davomida sutkasiga 2 paketchadan, so'ngra - sutkasiga 1 paketchadan.
1 yoshdan katta bolalarga: 3 kun davomida sutkasiga 4 paketchadan, so'ngra - sutkasiga 2 paketchadan.
Kattalar uchun tavsiya etilgan dozalash rejimi - sutkasiga 6 paketchadan.