Dentovital, 150 ml, sirop
- Ishlab chiqaruvchi
- Anfa Pharmaceuticals, ООО
47 ta dorixonada mavjud
54 000 soʻmdan
Eng past narx
54 000 soʻmdan
Dentovital qoʻllash yoʻriqnomasi
Og'iz bo'shlig'ini chayish uchun 10-15 ml preparatni xona haroratidagi 100 g suvga aralashtiring.
O'tkir kasalliklarda dozani 30 ml preparatgacha oshirish mumkin.
Og'iz bo'shlig'ini kuniga 3-4 marta yoki har safar ovqatdan keyin chayish tavsiya etiladi.
Qabul qilish kursi 7 kunni tashkil etadi.
Davolash kursi davomiyligi va preparat dozalarini davolovchi shifokor har bir bemor uchun individual ravishda belgilaydi.
1 ml sirop tarkibida:
Faol moddalar:
Shalfey ekstrakti (Salvia officinalis L.) - 15 mg;
Chuchukmiya ekstrakti (Glycyrrhiza glabra L.) - 15 mg;
Mingbarg ekstrakti (Achilléa millefólium) - 10 mg;
Romashka ekstrakti (Matricária) - 10 mg;
Kalendula ekstrakti (Caléndula officinális) - 10 mg.
Qorong'i joyda +2 °C dan +25 °C gacha haroratda saqlang. Bolalar qo'li yetmaydigan joyda saqlang.