Dinefro, 150 ml, sirop
- Ishlab chiqaruvchi
- Dikard, OOO
8 ta dorixonada mavjud
45 000 soʻmdan
Eng past narx
45 000 soʻmdan
Dinefro qoʻllash yoʻriqnomasi
Qo'llash usuli va dozalari
Ichga, iste'mol qilishdan oldin chayqatilsin.
1 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalarga: kuniga 3 marta 2,1 ml dan.
6 yoshdan oshgan bolalar va kattalarga: kuniga 3 marta 4,2 ml dan.
Siropni suyultirmasdan yoki oz miqdordagi suv bilan qabul qilish mumkin. Davolash kursi davomiyligi shifokor tomonidan individual belgilanadi.
Nojo'ya ta'sirlari
Allergik reaksiyalar (teri toshmasi, qichishish, eshakemi) bo'lishi mumkin. Kam hollarda – dispeptik hodisalar (ko'ngil aynishi, qusish, diareya). Nojo'ya ta'sirlar paydo bo'lganda preparatni qabul qilishni to'xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik. 1 yoshgacha bo'lgan bolalar. Oshqozon va o'n ikki barmoqli ichak yara kasalligi zo'rayish bosqichida. Fruktozani o'zlashtira olmaslik. Saxaraza/izomaltaza tanqisligi. Glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi.
Maxsus ko'rsatmalar
Yurak yoki buyrak kasalliklari keltirib chiqargan shishlarda ko'p miqdorda suyuqlik iste'mol qilish mumkin emas. Qandli diabetda preparat tarkibida maltitol borligini hisobga olish kerak. Preparatni qo'llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish zarur.