Enterokartin, 1 g, paketlar №10
- Ishlab chiqaruvchi
- ABM Biomedicine, OOO
105 ta dorixonada mavjud
49 800 soʻmdan
Eng past narx
49 800 soʻmdan
Enterokartin qoʻllash yoʻriqnomasi
Sashe-paketchasi tarkibini xona haroratidagi qaynatilgan suvda eritib oling. Ovqatdan 30 daqiqa oldin yoki 30 daqiqa keyin iste'mol qiling.
Tavsiya etilgan dozalar:
1 yoshgacha kuniga 1 marta 1 sashe;
1 yoshdan 3 yoshgacha kuniga 1-2 marta 1 sashe;
3 yoshdan 12 yoshgacha kuniga 2 marta 1 sashe;
12 yoshdan va kattalar uchun kuniga 3 marta 1 sashe.
Qabul qilish davomiyligi - 2-4 hafta. Qabul qilish kursini kerak bo'lganda takrorlash mumkin.
Qabul qilish kursi shifokorning ixtiyoriga ko'ra o'zgartirilishi mumkin.
1 sashe tarkibida:
rux laktati (rux sulfati) - 20 mg;
arpabodiyon ekstrakti (ukrop) - 100 mg;
L-karnitin - 200 mg;
Probiotiklar (Bifidobacterium bifidum 108, Bifidobacterium longum 17x, Lactobacillus acidophilus RKMUz-212, Lactobacillus plantarum 8p-A3, Lactobacillus fermentum 90T-C4, Propionibacterium avidum 1) - kamida 1×109 KOE/g - 500 mg;
Yordamchi moddalar: maltodekstrin/laktoza, kremniy dioksidi (aerosil), MKTS, kraxmal.
Quruq, yorug'likdan himoyalangan joyda +25 °C gacha haroratda saqlang. Bolalar qo'li yetmaydigan joyda saqlang.