Ferro, kaps. №30
- Ishlab chiqaruvchi
- Dora Line, ООО
13 ta dorixonada mavjud
60 200 soʻmdan
Eng past narx
60 200 soʻmdan
Ferro qoʻllash yoʻriqnomasi
Preparat ichga, bevosita ovqatlanish vaqtida yoki ovqatdan keyin qo'llaniladi.
Temir tanqisligi anemiyasida kuniga 2 marta 1-2 kapsuladan, o'rtacha 3 oy davomida.
Yashirin temir tanqisligida 3-4 hafta davomida kuniga 1 marta 1-2 kapsuladan.
Homilador ayollarga, homiladorlikning 14-haftasidan boshlab, tug'ruqqacha haftalik tanaffuslar bilan 2 hafta davomida kuniga 1 marta 1 kapsuladan.
Laktatsiya davrida kuniga 1 kapsuladan.
Davolash davomiyligi 3-6 oy.
Gemoglobin ko'rsatkichi normallashganda, organizmdagi temir deposi to'yinguncha terapiyani yana taxminan 2 oy davom ettirish kerak.
Tibbiy abortdan oldin 10 kun davomida kuniga 1-2 kapsuladan.
Rejali operatsiyalardan oldin 2-3 hafta davomida kuniga 1-2 kapsuladan.
Menstruatsiya davrida: menstruatsiya boshlanishidan 2 kun oldin, butun sikl davomida va u tugagandan keyin 2 kun davomida 1 kapsuladan.
Qo'llashning umumiy davomiyligi - 10 kun.
Intensiv jismoniy yuklamalari bo'lgan shaxslarga, shuningdek gipo- va avitaminozda kuniga 1-2 kapsuladan.
Profilaktika va terapiya kursi 10 kunni tashkil etadi.
1 kapsula tarkibida:
Temir sulfati - 150 mg.
C vitamini - 100 mg.
B6 vitamini - 1 mg.
Yordamchi moddalar: kalsiy stearati, kraxmal, saxaroza.
Quruq, yorug'likdan himoyalangan joyda 0 °C dan +25 °C gacha haroratda saqlang. Bolalar qo'li yetmaydigan joyda saqlang.