Fitochay Gerbosept, 2 g, paketchalar. №15
- Ishlab chiqaruvchi
- Gerbofarm, ЧП
49 ta dorixonada mavjud
6 000 soʻmdan
Eng past narx
6 000 soʻmdan
Fitochay Gerbosept qoʻllash yoʻriqnomasi
Qo'llash usuli va dozalari
1-2 ta filtr-paket emalli yoki shisha idishga solinadi, 200 ml (1 stakan) qaynagan suv quyiladi, qopqoq bilan yopiladi va 15-20 daqiqa davomida damlanadi, vaqti-vaqti bilan qoshiq bilan paketchalarni bosib turiladi. So'ngra filtr-paketlar siqib olinadi. Iliq holda 1/2 - 1/3 stakandan kuniga 2-3 marta ovqatlanishdan 30 daqiqa oldin qabul qilinadi. Davolash kursi 2-3 haftani tashkil qiladi. Qo'llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Nojo'ya ta'sirlari
Preparat komponentlariga allergik reaksiyalar bo'lishi mumkin. Kam hollarda - dispeptik hodisalar (ko'ngil aynishi, jig'ildon qaynashi). Nojo'ya ta'sirlar yuzaga kelganda preparatni qabul qilishni to'xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat komponentlariga individual o'zlashtira olmaslik, homiladorlik, emizish davri, 12 yoshgacha bo'lgan bolalar. Oshqozon shirasining kislotaliligi yuqori bo'lganda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Maxsus ko'rsatmalar
Qo'llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. Agar kasallik simptomlari saqlanib qolsa yoki yomonlashsa, shifokorga murojaat qilish kerak. Preparat transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.