Fitochay Rano Gastrofit, 1 g, paketchalar, №25
- Ishlab chiqaruvchi
- Zamona Rano, OOO
268 ta dorixonada mavjud
13 000 soʻmdan
Eng past narx
13 000 soʻmdan
Fitochay Rano Gastrofit qoʻllash yoʻriqnomasi
Qo'llash usuli va dozalari
1 g fito-choy (bir martalik damlash uchun 1 paket) 200 ml qaynagan suv bilan quyiladi, 10-15 daqiqa davomida damlanadi. Qabul qilish uchun tavsiya etilgan dozalar – 400 ml choy kun davomida 3-5 qabulda ichiladi. Qabul qilish davomiyligi – 1-2 oy.
Nojo'ya ta'sirlari
Allergik reaksiyalar, ich kelishining tezlashishi, qorin og'rig'i (sanchiqsimon).
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Yuqori sezuvchanlik, oshqozon-ichak traktidan qon ketish, oshqozon va o'n ikki barmoqli ichak yara kasalligi, o'tkir gepatit, obstruktiv sariqlik, ichak tutilishi, qorin bo'shlig'i a'zolarining o'tkir yallig'lanish kasalliklari (shu jumladan appenditsit); glomerulonefrit (o'tkir va surunkali), homiladorlik, laktatsiya davri, bolalik yoshi.
Maxsus ko'rsatmalar
Preparat tarkibiga sorbit (38,89%) kiradi, buni qandli diabet bilan og'rigan bemorlar hisobga olishlari kerak.