Ginkoum Evalar, 120 mg, kaps. №30
- Taʼsir qiluvchi modda
- Экстракт гинкго билоба
- Ishlab chiqaruvchi
- Эвалар, ЗАО
Mavjud emas
Tanlangan shaharda bu dori hozir yoʻq
Ginkoum Evalar qoʻllash yoʻriqnomasi
Qo'llash usuli va dozalari
Ichga. Kapsulalarni butunligicha, oz miqdordagi suv bilan, ovqatlanishdan qat'iy nazar yutish kerak.
Kattalarda kognitiv buzilishlarni simptomatik davolash uchun (xotira yomonlashuvi, diqqat jamlash va intellektual qobiliyatlarning pasayishi) 120 mg dan kuniga 1–2 marta. Vestibulyar kelib chiqishdagi bosh aylanishini davolash va tinnitusni (quloqdagi jiringlash yoki shovqin) davolash uchun sutkalik doza kuniga 120 mg.
Davolash davomiyligi 3 oygacha, davolashni davom ettirish zarurati tug'ilganda shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Ikki marta dozalash rejimida ertalab va kechqurun qabul qilish, bir marta qabul qilishda - ertalab tavsiya etiladi.
Agar preparatni qabul qilish o'tkazib yuborilgan bo'lsa yoki yetarli miqdorda qabul qilinmagan bo'lsa, keyingi qabul qilishni ushbu yo'riqnomada ko'rsatilganidek, hech qanday o'zgarishsiz amalga oshirish kerak.
Nojo'ya ta'siri
Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST) tavsiyalariga ko'ra nojo'ya ta'sirlarning rivojlanish chastotasi tasnifi: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100, ammo <1/10), tez-tez emas (≥1/1 000, ammo <1/100), kamdan-kam (≥1/10 000, ammo <1/1 000), juda kamdan-kam (<1/10 000), chastotasi noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida baholash imkonsiz).
Qon va limfa tizimi tomonidan buzilishlar
Juda kamdan-kam: qon ivishining pasayishi. Ginkgo biloba barglari ekstrakti preparatlarini uzoq muddat qo'llashda qon ivishini pasaytiruvchi vositalarni bir vaqtda qabul qilgan pasientlarda qon ketishlar (ko'zga qon quyilishi; burun, serebral, oshqozon-ichak qon ketishi) kuzatilganligi haqida xabarlar mavjud.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar
Chastotasi noma'lum: o'ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, shu jumladan anafilaktik shok.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
Juda kamdan-kam: bosh og'rig'i, bosh aylanishi, uyqusizlik.
Eshitish a'zosi va labirint tomonidan buzilishlar
Chastotasi noma'lum: eshitishning buzilishi.
Oshqozon-ichak buzilishlari
Juda kamdan-kam: ko'ngil aynishi, qusish, diareya, qorin og'rig'i.
Teri va teri osti to'qimalari tomonidan buzilishlar
Juda kamdan-kam: allergik teri reaksiyalari (giperemiya, shish, teri qichishishi, teri toshmasi).
Har qanday nojo'ya hodisalar yuzaga kelganda preparatni qabul qilishni to'xtatish va davolovchi shifokorga murojaat qilish kerak.
Dozani oshirib yuborish
Preparatni dozani oshirib yuborish holatlari hozirgi vaqtgacha qayd etilmagan.
Boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri
GINKOUM® preparatini antikoagulyantlar (shu jumladan fenprokumon, varfarin) yoki antiagregantlar (shu jumladan klopidogrel, atsetilsalitsil kislotasi), shuningdek nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilish ushbu preparatlarning ta'siriga ta'sir ko'rsatishi mumkin, shuning uchun ularni bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi. Tiazid diuretiklar, tritsiklik antidepressantlar, tirishishga qarshi preparatlar, gentamitsin bilan bir vaqtda qo'llash ham tavsiya etilmaydi.
Qon ivishini pasaytiruvchi dori vositalarini bir vaqtda qabul qilayotgan pasientlarda qon ketishining yakkalanib qolgan holatlari bo'lishi mumkin. Ginkgo biloba barglari ekstraktini saqlovchi preparatlarni qabul qilish bilan ushbu qon ketishlarning sabab-oqibat bog'liqligi tasdiqlanmagan. Agar varfarin bilan bir vaqtda qo'llash zarur bo'lsa, GINKOUM® preparati bilan davolash boshida, dozani o'zgartirganda, GINKOUM® preparati bilan davolashni yakunlaganda, shuningdek ginkgo biloba barglari ekstraktini saqlovchi preparatni almashtirganda qon ivish ko'rsatkichlarini adekvat monitoring qilish tavsiya etiladi.
Gipertenziyaga qarshi vositalar bilan bir vaqtda qabul qilinganda gipertenziyaga qarshi ta'sirning potensiallanishi mumkin. O'zaro ta'sir bo'yicha bitta tadqiqot shuni ko'rsatdiki, ginkgo biloba barglari ekstrakti qon plazmasida nifedipinning maksimal konsentratsiyasini oshirishi mumkin. Tadqiqot ishtirokchilarining ba'zilarida maksimal konsentratsiyaning 100% gacha oshishi kuzatilgan, bu bosh aylanishi va qizib ketish (priliv) og'irligining kuchayishiga olib kelgan.
Efavirenz bilan bir vaqtda qo'llash tavsiya etilmaydi, chunki ginkgo biloba barglari ekstrakti ta'siri ostida CYP3A4 izofermenti induksiyasi natijasida uning qon plazmasidagi konsentratsiyasi pasayishi mumkin.
Talinolol bilan o'zaro ta'sir tadqiqoti shuni ko'rsatadiki, ginkgo biloba barglari ekstrakti ichak P-glikoproteinlarini ingibitsiya qilishi mumkin. Bu dabigatran kabi ichakda P-glikoproteiniga sezgir bo'lgan dori vositalarining ta'sirini oshirishi mumkin, shu sababli ularni bir vaqtda qo'llashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Maxsus ko'rsatmalar
Preparatning tavsiya etilgan dozalaridan oshirmaslik kerak.
O'ta yuqori sezuvchanlik reaksiyasi rivojlanganda preparatni qo'llashni to'xtatish kerak.
Ginkgo biloba barglari ekstraktini saqlovchi preparatlar qon ketishiga moyillikni oshirishi mumkin.
Ehtiyot chorasi sifatida GINKOUM® preparatini qo'llashni jarrohlik aralashuvidan 3–4 kun oldin to'xtatish kerak. Jarrohlik aralashuvi kutilayotgan pasientlar shifokorni ushbu preparatni qo'llayotganligi haqida xabardor qilishlari muhim.
Tez-tez yuzaga keladigan bosh aylanishi va quloqdagi shovqin hislarida shifokor bilan maslahatlashish kerak. To'satdan eshitishning yomonlashuvi yoki yo'qolishi holatida zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak.
Qon ketishiga patologik yuqori moyilligi bo'lgan (gemorragik diatez) pasientlarga va yo'ldosh antikoagulyant va antitrombotsitar terapiya olayotgan pasientlarga GINKOUM® preparatini faqat shifokor bilan maslahatlashgandan keyin qo'llash kerak. Preparatni etanol bilan birga qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Preparatni qo'llash fonida tutqanoqdan aziyat chekadigan pasientlarda epileptik xurujlar paydo bo'lishi mumkin.
Transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparatni qabul qilish davrida diqqatni jamlash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlarini bajarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak (shu jumladan, transport vositalarini boshqarish, harakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlash).
Chiqarilish shakli
Kapsulalar 120 mg.
15 tadan kapsula polivinilxlorid plyonka va alyuminiy folga asosida tayyorlangan egiluvchan o'ramdan iborat kontur uyali o'ramda.
1, 2, 3, 4, 5 yoki 6 ta kontur uyali o'ram qo'llash bo'yicha yo'riqnoma bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
25 °C dan yuqori bo'lmagan haroratda.
Bolalar qo'li yetmaydigan joyda saqlang.