Ingalipt Forte, 20 ml, sprey
- Taʼsir qiluvchi modda
- Эвкалиптовое масло, Сульфатиазол натрия, Тимол, Сульфаниламид (стрептоцид), Мяты перечной масло
- Ishlab chiqaruvchi
- Texnofarm, ООО
76 ta dorixonada mavjud
3 000 soʻmdan
Eng past narx
3 000 soʻmdan
Ingalipt Forte qoʻllash yoʻriqnomasi
Qo'llash usuli va dozalari
Og'iz bo'shlig'i va tomoq shilliq qavatini 1-2 soniya davomida purkash yo'li bilan mahalliy qo'llaniladi. Sutkasiga 3-4 marta purkash o'tkaziladi. Qo'llashdan oldin purkagichdan himoya qopqog'ini olib tashlang. Foydalanish vaqtida flakonni vertikal holatda ushlang.
Nojo'ya ta'sirlari
Allergik reaksiyalar, masalan, teri toshmasi, qichishish, Kvinke shishi bo'lishi mumkin. Kam hollarda - ko'ngil aynishi, qusish, tomoqda qisqa muddatli achishish yoki qichishish hissi.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Sulfanilamidlar yoki preparatning boshqa komponentlarini individual o'zlashtira olmaslik, 3 yoshgacha bo'lgan bolalar.
Maxsus ko'rsatmalar
Preparatni homiladorlik va emizish davrida qo'llash faqat shifokor ko'rsatmasi bo'yicha, agar ona uchun kutilayotgan foyda homila yoki bola uchun potentsial xavfdan ustun bo'lsa mumkin. Preparatning ko'zga tushishidan saqlanish kerak. Agar kasallik belgilari 5-7 kun ichida o'tib ketmasa, shifokorga murojaat qilish kerak. Preparatni qo'llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing va batafsil yo'riqnomani o'qing.