Kadivit, 20 ml, kapli
- Taʼsir qiluvchi modda
- Витамин K2 (менахинон-7), Менахинон-7
- Ishlab chiqaruvchi
- Alg Ilac Sanayi, Tic. Ltd. Sti
1000 ta dorixonada mavjud
106 000 soʻmdan
Eng past narx
106 000 soʻmdan
Kadivit qoʻllash yoʻriqnomasi
1 yoshgacha bo'lgan bolalarga: kuniga 0,5 ml dan. 1 yoshdan 3 yoshgacha bo'lgan bolalarga: kuniga 0,75 ml dan. 3 yoshdan oshgan bolalarga: kuniga 1 ml dan. Tomchilarni sof holda berish yoki ovqat yoki ichimlikka qo'shish mumkin. Ovqatlanish vaqtida qabul qilish tavsiya etiladi.
Nojo'ya ta'sirlari
Kamdan-kam hollarda preparat tarkibiy qismlariga allergik reaksiyalar bo'lishi mumkin. Allergik reaksiyalar paydo bo'lganda qabul qilishni to'xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat tarkibiy qismlariga individual sezgirlik, A va D gipervitaminozi, buyrak yetishmovchiligi.
Maxsus ko'rsatmalar
Qo'llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. Tavsiya etilgan dozadan oshirmang. Kadivit dori vositasi hisoblanmaydi, bu oziq-ovqat uchun biologik faol qo'shimcha.