Kadivit, tab. №120
- Ishlab chiqaruvchi
- Emoks Kimya, San. Tic. Ltd. Sti
434 ta dorixonada mavjud
115 000 soʻmdan
Eng past narx
115 000 soʻmdan
Kadivit qoʻllash yoʻriqnomasi
Qo'llash usuli va dozalari
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar ovqatlanish vaqtida kuniga 1 tabletkadan, yetarli miqdordagi suv bilan qabul qilishlari kerak. Qabul qilish davomiyligi shifokor tomonidan belgilanadi.
Nojo'ya ta'sirlari
Kamdan-kam hollarda preparatning alohida komponentlariga allergik reaksiyalar, dispeptik hodisalar (ko'ngil aynishi, qusish, diareya) bo'lishi mumkin. Nojo'ya ta'sirlar yuzaga kelganda preparatni qabul qilishni to'xtatish va shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Qarshi ko'rsatmalar
Preparat komponentlariga individual o'zlashtira olmaslik, A va D vitaminlari gipervitaminozi, og'ir buyrak yetishmovchiligi, giperkalsiyemiya, homiladorlik va laktatsiya davri (shifokor maslahati zarur).
Maxsus ko'rsatmalar
Qo'llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. Tavsiya etilgan sutkalik dozadan oshirmang. Bolalar qo'li yetmaydigan joyda saqlang.