Kadivit, tab. №60
- Taʼsir qiluvchi modda
- Колекальциферол (витамин D3)
- Ishlab chiqaruvchi
- Biomind, MChJ
324 ta dorixonada mavjud
75 400 soʻmdan
Eng past narx
75 400 soʻmdan
Kadivit qoʻllash yoʻriqnomasi
Qo'llash usuli va dozalari
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar ovqatlanish vaqtida yetarli miqdordagi suv bilan kuniga 1 tabletkadan qabul qilishlari kerak. Qabul qilish davomiyligi shifokor tomonidan belgilanadi.
Nojo'ya ta'sirlari
Kam hollarda preparatning alohida komponentlariga allergik reaksiyalar, dispeptik hodisalar (ko'ngil aynishi, qusish, diareya) bo'lishi mumkin. Nojo'ya ta'sirlar paydo bo'lganda preparatni qabul qilishni to'xtatish va shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat komponentlariga individual o'zlashtira olmaslik, A va D vitaminlari gipervitaminozi, og'ir buyrak yetishmovchiligi, giperkalsiyemiya, homiladorlik va laktatsiya davri (shifokor maslahati zarur).
Maxsus ko'rsatmalar
Qo'llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. Tavsiya etilgan sutkalik dozadan oshirmang. Bolalar qo'li yetmaydigan joyda saqlang.