Kalenduly-GF nastoyka, 25 ml, flak.
- Ishlab chiqaruvchi
- Gerbofarm, ЧП
173 ta dorixonada mavjud
2 700 soʻmdan
Eng past narx
2 700 soʻmdan
Kalenduly-GF nastoyka qoʻllash yoʻriqnomasi
Qo'llash usuli va dozalari
Tashqi, mahalliy, ichkariga. Teri qoplamining yuzaki shikastlanishi (kesish) bo'lgan joylar tampon yordamida nastoyka bilan ishlov beriladi. Ko'karish va ekzemada nastoykaning suvli eritmasi (1 choy qoshiq bir stakan suvga) kompresslar ko'rinishida qo'llaniladi. Tomoq va og'iz bo'shlig'i shilliq qavatini chayish uchun nastoykaning suvli eritmasidan ? - 1 stakan ishlatiladi. Davolash kursi 1-2 hafta. Ichkariga ovqatdan 15 daqiqa oldin ? stakan suvda suyultirilgan 10-20 tomchi kuniga 3 marta qo'llaniladi. Davolash kursi - 3-4 hafta.
Nojo'ya ta'sirlari
Allergik reaksiyalar (shu jumladan teri qichishishi) bo'lishi mumkin. Ichkariga qabul qilinganda - jig'ildon qaynashi, ko'ngil aynishi, og'izda achchiqlik, qorin og'rig'i.
Agar sizda yo'riqnomada ko'rsatilgan nojo'ya ta'sirlar kuzatilsa yoki ular kuchaysa, yoxud yo'riqnomada ko'rsatilmagan boshqa har qanday nojo'ya ta'sirlarni sezsangiz, bu haqda shifokorga xabar bering.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat komponentlariga yuqori individual sezuvchanlik. Ichkariga qo'llanilganda - homiladorlik, emizish davri, 18 yoshgacha bo'lgan yosh, o'tkir gastrit, oshqozon va o'n ikki barmoqli ichak yara kasalligining zo'rayish davri, toshli xolesistit. Ehtiyotkorlik bilan - Jigar kasalliklari, alkogolizm, bosh miya jarohati, bosh miya kasalliklari. Homiladorlik va emizish davrida qo'llanilishi
Maxsus ko'rsatmalar
Preparatning maksimal bir martalik dozasida mutlaq etil spirti miqdori 0,23 g, maksimal sutkalik dozasida - 0,7 g ni tashkil qiladi. Transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri