Kaltsiy glitserofosfat, 200 mg, tab. №10
- Taʼsir qiluvchi modda
- Кальция глицерофосфат
- Ishlab chiqaruvchi
- Pharm Engineering, ООО
463 ta dorixonada mavjud
6 000 soʻmdan
Eng past narx
6 000 soʻmdan
Kaltsiy glitserofosfat qoʻllash yoʻriqnomasi
Qo'llash usuli va dozalari
Kattalarga kuniga 2-3 marta 1-2 tabletkadan buyuriladi. 3 yoshdan oshgan bolalarga - kuniga 2-3 marta 1 tabletkadan. Tabletka ichga, oz miqdordagi suv bilan qabul qilinadi. Ovqatdan keyin qabul qilish tavsiya etiladi.
Nojo'ya ta'sirlari
Kamdan-kam hollarda dispeptik hodisalar (ko'ngil aynishi, qusish, diareya) va allergik reaktsiyalar (teri toshmasi, qichishish) bo'lishi mumkin.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Giperkalsiemiya, giperfosfatemiya, buyrak etishmovchiligi, preparat tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik.
Maxsus ko'rsatmalar
Qo'llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. Uzoq muddat foydalanilganda qon va siydikdagi kalsiy va fosfor darajasini nazorat qilish kerak. Preparatni bolalar qo'li etmaydigan joyda saqlash kerak.