Kaniferon S, kaps. №60
- Ishlab chiqaruvchi
- Badex Life, OOO
140 ta dorixonada mavjud
40 000 soʻmdan
Eng past narx
40 000 soʻmdan
Kaniferon S qoʻllash yoʻriqnomasi
Qo'llash usuli va dozalari
Kattalar uchun: 2 tabletkadan kuniga 3 marta. Maktab yoshidagi bolalar uchun: 1 tabletkadan kuniga 3 marta. Tabletkalarni butunligicha, oz miqdordagi suv bilan yutib yuborish kerak. Davolash kursi davomiyligi shifokor tomonidan belgilanadi.
Nojo'ya ta'sirlari
Allergik reaksiyalar, dispeptik buzilishlar (ko'ngil aynishi, qusish, diareya) bo'lishi mumkin. Nojo'ya ta'sirlar paydo bo'lganda preparatni qabul qilishni to'xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat komponentlariga individual o'zlashtira olmaslik, 6 yoshgacha bo'lgan bolalar, oshqozon va o'n ikki barmoqli ichak yara kasalligi zo'rayish bosqichida, buyrak va/yoki yurak yetishmovchiligi, buyrak yoki yurak yetishmovchiligi oqibatidagi shishlar, homiladorlik, laktatsiya davri. Jigar kasalliklari, alkogolizm, bosh miya jarohati va bosh miya kasalliklarida ehtiyotkorlik bilan.
Maxsus ko'rsatmalar
Yurak yoki buyrak kasalliklari keltirib chiqargan shishlarda suyuqlik iste'moli kamaytirilishi kerak. Preparatni qabul qilish fonida kasallik simptomlari saqlanib qolganda shifokorga murojaat qilish kerak. Preparat laktoza saqlaydi. Galaktozani kam uchraydigan nasliy o'zlashtira olmaslik, laktaza tanqisligi yoki glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi bo'lgan bemorlar ushbu preparatni qabul qilmasliklari kerak. Preparatni qo'llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing va batafsil yo'riqnomani o'qing.