Kretamin Kids, 150 ml, sirop
- Ishlab chiqaruvchi
- Gricar Chemical, S.R.L
Mavjud emas
Tanlangan shaharda bu dori hozir yoʻq
Kretamin Kids qoʻllash yoʻriqnomasi
Qo'llash bo'yicha tavsiyalar:
quyidagi holatlarni kompleks davolashda qo'shimcha vosita sifatida:
- psixo-hissiy va intellektual yuklamalar (talabalar va maktab o'quvchilarida imtihonlar, aqliy ish va h.k.);
- aqliy va jismoniy ish qobiliyatining pasayishi, diqqat konsentratsiyasini va eslab qolishni yaxshilash uchun;
- asteno-nevrotik sindrom;
- bolalardagi giperkinetik buzilishlar (shu jumladan diqqat yetishmovchiligi giperaktivligi sindromi);
- bosh miyaning organik shikastlanishlaridagi kognitiv buzilishlar, shu jumladan neyroinfeksiyalar va bosh miya jarohatlari oqibatlari va nevrotik buzilishlarda;
- rivojlanishdagi kechikish (ruhiy, nutqiy, motor yoki ularning kombinatsiyasi), shu jumladan o'tkazilgan perinatal ensefalopatiya fonida;
- bolalar serebral falajining turli shakllari;
- o'tkazilgan somatik va infeksion kasalliklardan keyingi tiklanish davrida;
- bolalardagi nevrozsimon holatlar (tiklar, duduqlanish, enurezda);
- uyqu buzilishi.
Qo'llash usuli va dozalari:
3-6 yoshli bolalar: 10 tomchidan kuniga 1-2 marta.
6 yoshdan oshgan bolalar: 20 tomchidan kuniga 1-2 marta.
Ovqatlanishdan 30-60 daqiqa oldin qabul qilish tavsiya etiladi.
Nootrop ta'sirini hisobga olgan holda, ertalab va kunduzgi soatlarda qabul qilish afzalroqdir.
Qabul qilishning o'rtacha davomiyligi 2-3 oyni tashkil etadi. 3-6 oydan keyin takroriy kurs o'tkazish mumkin.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar:
Komponentlarga yuqori sezuvchanlik, 3 yoshgacha bo'lgan bolalar.
Nojo'ya ta'sirlari: allergik reaksiyalar, ko'ngil aynishi.
Maxsus ko'rsatmalar:
Biologik faol qo'shimcha, dori vositasi hisoblanmaydi. Qo'llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Chiqarilish shakli:
flakonda 50 ml tomchilar.
Saqlash qoidalari va shartlari:
Quruq joyda, +25ºS dan yuqori bo'lmagan haroratda, bolalar qo'li etmaydigan joyda saqlang.
Yaroqlilik muddati, saqlash qoidalari va shartlari: yaroqlilik muddati 3 yil.