L-Forte, tab. №60
- Ishlab chiqaruvchi
- Ходжамухамедов, Ш.М
4 ta dorixonada mavjud
130 200 soʻmdan
Eng past narx
130 200 soʻmdan
L-Forte qoʻllash yoʻriqnomasi
Qo'llash usuli va dozalari. L-Forte majmuaviy terapiya tarkibida qo'llaniladi.
Ichga, ovqatdan 30 daqiqa oldin, 1 sashe paketni 50 ml suyuqlikda eritib.
Uzoq muddatli jismoniy va psixoemotsional yuklamalarda: 1 sashedan kuniga 2-3 marta.
Nerv anoreksiyasida, shuningdek o'tkazilgan kasalliklar va jarrohlik aralashuvlari hamda jarohatlardan keyingi reabilitatsiya davrida: 1,5 sashedan kuniga 2 marta. Davolash kursi - 1-2 oy davomida.
Surunkali gastrit va surunkali pankreatitni pasaygan sekretor funksiya bilan majmuaviy terapiyada: 0,5 sashedan kuniga 2 marta. Davolash kursi - 1-1,5 oy davomida.
Teri kasalliklarini davolash uchun: 1 sashedan kuniga 1 marta 2-4 hafta davomida. Yengil darajadagi gipertireozda: 0,5 sashedan kuniga 2 marta. Davolash kursi - 20 kun. Davolash kursi 1-2 oylik tanaffusdan keyin takrorlanadi yoki 3 oy davomida tanaffussiz buyuriladi.
Bosh miyaning qon tomir, toksik va jarohatli shikastlanishlarida: 1 sashedan sutkasiga 5 kun davomida. Zarur bo'lganda 12-14 kundan keyin takroriy kurs buyuriladi.
Karnitin yetishmovchiligi bilan kechadigan kasalliklarda (birlamchi va ikkilamchi karnitin yetishmovchiligi): 50-100 mg/kg tana vazniga, qabul qilish karraligi kuniga 2-3 marta 3-4 oy davomida.
3 yoshgacha bo'lgan bolalarga doza mutaxassis tavsiyasiga ko'ra belgilanadi. 3 yoshdan 6 yoshgacha - bir martalik doza 100 mg kuniga 2-3 marta, sutkalik doza 200-300 mg. Davolash kursi - 1 oy.
6 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalarga bir martalik doza 200-300 mg kuniga 2-3 marta, sutkalik doza 400-900 mg. Davolash kursi - kamida 1 oy.
O'sishdan qolishda: 250 mg (1/4 sashe) kuniga 2-3 marta. Davolash kursi - 20 kun. Davolash kursi 1-2 oylik tanaffusdan keyin takrorlanadi yoki 3 oy davomida tanaffussiz buyuriladi.
Sport tibbiyotida va intensiv mashg'ulotlarda: 2 g (2 sashe paket) kuniga 1-3 marta (sutkalik doza 2-6 g); davolash maqsadida foydalanilganda - 70-100 mg/kg/sut (5-8 g/sut). Qabul qilish kurslari: musobaqa oldi davrida 3-4 hafta. Mashg'ulot jarayoni davrida - 6-8 haftagacha.