Laktobakterin suxoy Orom, 5 doz. amp. №10
- Ishlab chiqaruvchi
- Orom-Biopreparat, ООО
Mavjud emas
Tanlangan shaharda bu dori hozir yoʻq
Laktobakterin suxoy Orom qoʻllash yoʻriqnomasi
Qo'llash usuli va dozalari
Laktobakterin preparati OIT kasalliklarida ichga, ayollar jinsiy a'zolari kasalliklarida va operatsiyadan oldingi hamda tug'ruqoldi tayyorgarlik maqsadida - intravaginal qo'llaniladi.
Flakon ichidagisini 1 doza preparatga 5 ml (choy qoshiq) suv hisobida xona haroratidagi qaynatilgan suv bilan eritish kerak.
Suspenziyani tayyorlash: stakanga kerakli miqdordagi suvni quying (flakonda ko'rsatilgan dozalar soniga muvofiq); flakonni oching, qopqoq va probkani olib tashlang; stakandan flakonga oz miqdorda suv o'tkazing; erigandan so'ng (preparat 5 daqiqadan ko'p bo'lmagan vaqtda sarg'ish-bej yoki oqish-kulrang rangli gomogen suspenziya hosil qilib eriydi) flakon ichidagisini o'sha stakanga o'tkazing va aralashtiring. Shu tarzda eritilgan preparatning bir choy qoshiq miqdori 1 dozani tashkil qiladi. Bolalarga flakon ichidagisi 1 doza preparatga 1 ml hisobida eritiladi. Preparatni eritish va flakondan chiqarib olish qulayligi uchun 5 ml hajmli tibbiy shpritsdan foydalanishga ruxsat beriladi.
OIT kasalliklarida preparatni ovqatdan 40-60 daqiqa oldin qabul qilish va sut bilan ichish tavsiya etiladi. Preparat bilan terapiya davrida vitaminlar qabul qilish tavsiya etiladi. Sutkalik doza va davolash kursi davomiyligi shifokor tomonidan kasallikning klinik shakli va ichak disbakteriozi yaqqolligiga qarab belgilanadi.
OIT kasalliklarida Laktobakterin preparati quyidagi sutkalik dozalarda qo'llaniladi:
6 oygacha bo'lgan bolalar: 3 dozadan kuniga 2 marta;
6 oydan 1 yoshgacha bo'lgan bolalar: 3 dozadan kuniga 3 marta;
1 yoshdan 3 yoshgacha bo'lgan bolalar: 5 dozadan kuniga 2 marta;
3 yoshdan katta bolalar va kattalar: 5 dozadan kuniga 2-3 marta.
Laktobakterin preparati bilan turli kasalliklar/holatlarda terapiya davomiyligi:
- o'tkir ichak infeksiyalari (O'II) yoki oziq-ovqat toksikoinfeksiyalaridan keyin rekonvalessensiya davrida ichakning normal mikroflorasini tiklashda (ichak disfunksiyasi klinik simptomlari mavjud bo'lganda yoki patogen yoki shartli-patogen flora ajralganda) - kamida 4 hafta;
- turli etiologiyali surunkali kolitlarda, shu jumladan, yarali kolitda - 2 oygacha;
- uzoq muddatli antibakterial, gormonal, nur yoki kimyoterapiya, shuningdek boshqa sabablar oqibatida kelib chiqqan ichak disbakteriozida - 3-4 hafta.
Preparatni 2 hafta davomida qo'llashdan samara bo'lmaganda, OIT mikroflorasini qayta tekshirish va olingan natijaga qarab uni boshqa preparatlar bilan korreksiya qilish zarur.
Olingan klinik samarani mustahkamlash uchun yoki davolash kursi tugaganidan keyin mikroflora to'liq normallashmaganda, qaytalanishlar bilan kechadigan kasalliklarda, takroriy davolash kurslari maqsadga muvofiqdir. Bunday hollarda preparatni buyurishdan oldin mikroflorani qayta tekshirish zarur.
Bakterial vaginoz, ayollar jinsiy a'zolarining nospetsifik yallig'lanish kasalliklari antibakterial terapiyasidan keyin qin normal mikroflorasini tiklash maqsadida Laktobakterin preparati 10-12 kun davomida kuniga 2 marta 5 dozadan intravaginal yuboriladi.
Tug'ruqdan keyingi va operatsiyadan keyingi infeksion kasalliklarning oldini olish maqsadida rejalashtirilgan ginekologik operatsiyalarga, diagnostik invaziv muolajalarga tayyorgarlik ko'rishda yoki xavf guruhidagi homiladorlarning tug'ruqoldi tayyorgarligi davrida - 7-8 kun davomida sutkasiga 1 marta 5 dozadan. Davolash qin mikroflorasining tiklanishi (I-II darajali tozalik surtmasi) va klinik simptomlarning yo'qolishi nazorati ostida o'tkazilishi kerak.