Magniy B6 Forte, 500 mg, tab, №50
- Taʼsir qiluvchi modda
- Пиридоксин, Магний
- Ishlab chiqaruvchi
- Фармгрупп, ООО
782 ta dorixonada mavjud
31 500 soʻmdan
Eng past narx
31 500 soʻmdan
Magniy B6 Forte qoʻllash yoʻriqnomasi
Qo'llash usuli va dozalari
Kattalar uchun kuniga 2 marta 1 tabletkadan qabul qilish tavsiya etiladi. Tabletkalarni butunligicha, yetarli miqdordagi suv bilan yutish kerak. Odatda davolash kursi bir oyni tashkil etadi. Bir oylik davolanishdan keyin holat yaxshilanmagan taqdirda, shifokor bilan maslahatlashish zarur.
Nojo'ya ta'sirlari
Kamdan-kam hollarda: ko'ngil aynishi, qusish, diareya, qorin og'rig'i, allergik reaksiyalar (teri toshmasi, qichishish, eshakemi).
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik, og'ir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi 30 ml/min dan kam), fenilketonuriya, 6 yoshgacha bo'lgan bolalar, laktatsiya davri, levodopani bir vaqtda qabul qilish.
Maxsus ko'rsatmalar
Preparatni qabul qilishni boshlashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish zarur. O'rtacha buyrak yetishmovchiligida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Dozani oshirib yuborish holatlarida shifokorga murojaat qilish kerak.