Mamapreg Duo, tab. kaps. №28
- Taʼsir qiluvchi modda
- Лютеин, Холина альфосцерат, Йод, Ретинол, Цинк, Магния хлорид, Биотин, L-метилфолат, Холекальциферол
- Ishlab chiqaruvchi
- Tocura Ilac, San. ve Tic. A.S
649 ta dorixonada mavjud
99 800 soʻmdan
Eng past narx
99 800 soʻmdan
Mamapreg Duo qoʻllash yoʻriqnomasi
Farmakologik xususiyatlari:
Homilador va emizikli ayollar uchun maxsus ishlab chiqilgan vitamin va minerallar majmuasi (metilfolat, retinol, biotin, vitamin D3, xolin, lyutein, yod, tsink, magniy). Homilaning tug'ma rivojlanish nuqsonlari xavfini kamaytirishga, homiladorlik va homila rivojlanishining me'yorda kechishiga yordam beradi. Tarkibiy qismlar kimyoviy va biologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ajratilgan.
Faol moddalarning xususiyatlari:
L-Metilfolat ((6S)-5-MTHF): Fermentativ faollashuvni talab qilmaydigan foliy kislotasining faol shakli. Homila nerv tizimi va yuragi rivojlanishida muhim rol o'ynaydi, nerv naychasi nuqsonlari xavfini kamaytiradi.
Yod: Onaning qalqonsimon bezi faoliyati va homila miyasi rivojlanishi uchun zarur.
Tsink pikolinat: Yengil o'zlashtiriladigan tsink shakli. Ayollarning reproduktiv faoliyatini tutib turadi, to'qimalar shakllanishi, oqsil va DNK sintezida qatnashadi.
Magniy bisglitsinat: Yuqori so'rilish darajasiga ega magniy shakli. Qon bosimini normallashtiradi, nerv tizimini tinchlantiradi, bachadon gipertonusini kamaytiradi, muddatidan oldin tug'ruq va homila tushishi xavfini oldini oladi.
Biotin (H vitamini): Uglevod, yog' va oqsil metabolizmida qatnashadi; teri va soch salomatligi uchun zarur; B guruhi vitaminlari so'rilishini yaxshilaydi.
Xolin: Hujayra membranasi sintezi, homila miyasi va nerv naychasi rivojlanishi uchun zarur. Jigar faoliyatini yaxshilaydi hamda chaqaloqlarda o'pka surfaktanti sintezida qatnashadi.
D3 vitamini (Xolekaltsiferol): Kaltsiy va fosfor almashinuvini tartibga soladi, homila suyak va tish tizimi shakllanishi uchun o'ta muhimdir.
Retinol (A vitamini): Tuxum hujayralar yetilishi, platsenta va homila to'qimalari rivojlanishi, ko'rish hamda immun tizimi uchun zarur.
Lyutein: To'r pardani zararli nur spektri ta'siridan korroziya va antioksidant himoyasini ta'minlaydi. Ko'krak sütiga o'tadi.
Qo'llash bo'yicha tavsiyalar:
Homiladorlikni rejalashtirayotgan, homilador va emizikli ayollarga vitaminlar, minerallar va vitamin simon moddalarning qo'shimcha манбаi sifatida tavsiya etiladi.
Qo'llash usuli va dozalari:
Kuniga 1 marta ertalab ovqatdan keyin 1 tabletka va kechqurun ovqatdan keyin 1 kapsula qabul qilinadi. Tabletka va kapsula qabul qilish oralig'i kamida 6 soat bo'lishi tavsiya etiladi.
Qarshi ko'rsatmalar: Komponentlarga shaxsiy chidamsizlik, og'ir buyrak yetishmovchiligi, A va D gipervitaminozi, giperkaltsiyemiya, giperkaltsiuriya, nefrolitiaz, yod preparatlariga yuqori sezuvchanlik, yaqqol gipertireoz. Qo'llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish lozim.
Chiqarilish shakli: Tabletka №14 + Kapsula №14 (2 ta блистерда 7 ta tabletka va 7 ta kapsuladan).
Saqlash sharoiti: Qorong'i va salqin joyda, 25°C dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin. Yararoqlilik muddati: 3 yil.
Biologik faol qo'shimcha. Dori vositasi emas.
Ishlab chiqaruvchi: «Tocura Ilac San. ve Tic. A.S.», Stambul, Turkiya.
O'zbekistondagi Murojaatlarni qabul qiluvchi tashkilot: "SYNERGY PHARMCO" MChJ, Toshkent sh., Yakkasaroy tumani, Imom At-Termiziy ko'chasi, 35.