Maslo chernogo tmina Malham, 100 ml, flak.
- Taʼsir qiluvchi modda
- Qora sedana yog'i
- Ishlab chiqaruvchi
- Green Quality Oil, MChJ
9 ta dorixonada mavjud
10 000 soʻmdan
Eng past narx
10 000 soʻmdan
Maslo chernogo tmina Malham qoʻllash yoʻriqnomasi
Yuz terisi uchun niqoblar:
yarim choy qoshiq qora sedana yog'ini 1 osh qoshiq zaytun moyi bilan aralashtiring. Hosil bo'lgan aralashmani yuzga surting va 1 soatga qoldiring. So'ngra sovunli suv bilan yuvib tashlang;
1 osh qoshiq qora sedana yog'i, 2 tomchi bergamot efir moyi, 2 tomchi archa efir moyi, 1 tomchi rozmarin efir moyi, 1 tomchi rayhon efir moyini aralashtiring, 15-20 daqiqaga surting. Qoldiqlarini salfetka bilan olib tashlang.
Vanna: 1 choy qoshiq qora sedana yog'ini emulsifikator (tuz, ko'pik, dush geli) bilan aralashtiring va vannaga qo'shing.
Vanna uchun massaj xaltachasi: dokadan qilingan xaltachaga 1-1,5 stakan hajmdagi suli yormasini soling, 1 choy qoshiq qora sedana yog'i, 1 choy qoshiq o'simlik kedr moyi, 3 tomchi rozmarin efir moyi, 3 tomchi efir moyi qo'shing. Xaltachadan gubka o'rnida foydalaning.
Qo'l uchun moy: 1 choy qoshiq qora sedana yog'i, 1 choy qoshiq o'simlik moychechak moyi, 1 choy qoshiq zaytun moyi. Aralashma bilan qo'l terisini massaj qiling, qoldiqlarini salfetka bilan olib tashlang.
Soch o'sishi uchun: 1 osh qoshiq qora sedana yog'ini kaftda yaxshilab qizdiring va kaftlar bilan boshni yaxshilab massaj qiling, biroz sochga ham surting. Moyni 20 daqiqaga qoldiring, so'ngra iliq suv bilan yuvib tashlang.
Qora sedana yog'i.
Quruq, yorug'likdan himoyalangan joyda +25 °C dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin. Bolalar qo'li yetmaydigan joyda saqlansin.