Maslo zveroboynoye, 25 ml, flak
- Ishlab chiqaruvchi
- Чубот, ООО
7 ta dorixonada mavjud
5 400 soʻmdan
Eng past narx
5 400 soʻmdan
Maslo zveroboynoye qoʻllash yoʻriqnomasi
Dalachoy yog'i toza holda bog'lamlar, applikatsiyalar, kompresslar, surtishlar ko'rinishida, boshqa moylar bilan aralashtirib, shuningdek, tabiiy efir moylari bilan kompozitsiyalar yaratish, kosmetika vositalarini (balzamlar, shampunlar, kremlar, losonlar) boyitish uchun bazaviy moy sifatida qo'llaniladi.
Parodontozda: tamponni dalachoy yog'i bilan yaxshilab shimdirib, milklarga qo'ying.
Kompresslar: yiringli yallig'lanishlar, shilinishlar, ko'karishlar, mastitlar, mastopatiya, emizikli onalarda so'rg'ich yoriqlarida: yog' bilan namlangan salfetkani terining shikastlangan joyiga qo'ying va o'rang. Muolaja davomiyligi - 15-20 daqiqa.
Qo'l va tirnoqlar uchun applikatsiyalar, surtishlar va vannachalar: dalachoy, yong'oq va kokos moylarini 2:1:1 nisbatda aralashtiring, suv hammomida qizdiring va massaj harakatlari bilan ishqalang. Xuddi shu aralashmani vannachalar uchun ham ishlatish mumkin.
Yuz terisi uchun tungi niqob: 2 osh qoshiq tarvuz eti, 1 choy qoshiq qahva maydalagichda maydalangan suli yormasi, 1/2 choy qoshiq dalachoy yog'i. Aralashmani yuz terisiga 15 daqiqaga surting.