Nazahelp, 50 ml, sprey
- Taʼsir qiluvchi modda
- Натрия хлорид, Гиалуроновая кислота
- Ishlab chiqaruvchi
- NEW.FA.DEM.S.R.L
428 ta dorixonada mavjud
58 900 soʻmdan
Eng past narx
58 900 soʻmdan
Nazahelp qoʻllash yoʻriqnomasi
Izotonik eritma, kolloid kumush va gialuron kislotasi asosidagi mahalliy qo'llash uchun burun spreyi.
Farmakologik xususiyatlari:
Izotonik eritma: Burun bo'shlig'i shilliq qavatining me'yoriy fiziologik holatini tutib turadi, shilliqni suyultiradi va uning ajralishini normallashtiradi. Allergiya va vazomotor rinillarda allergenlar hamda patogenlarni (bakteriyalar, viruslar, zamburug'lar) yuvib tashlaydi, yallig'lanishni kamaytiradi.
Gialuron kislotasi: Yuqori namlantirish xususiyatiga ega, shilliq qavat yuzasida himoya pardasini hosil qiladi. Burun-halqum fiziologik funktsiyalarini tiklaydi, yallig'lanish va ta'sirlanishni olib tashlaydi, to'qimalar regeneratsiyasini (tiklanishini) tezlashtiradi.
Kumush ionlari / Kolloid kumush: Antiseptik xususiyatga ega (bakteriyalar, viruslar, zamburug'larga qarshi ta'sir qiladi). Mikroorganizmlarda kumush ionlariga nisbatan chidamlilik hosil bo'lmaydi. Yallig'lanishga qarshi va yumshoq burishtiruvchi ta'sir ko'rsatadi.
Qo'llash bo'yicha tavsiyalar:
Burun bo'shlig'i va burun yon bo'shliqlari o'tkir hamda surunkali yallig'lanish kasalliklarini (rinit, sinusit, adenoidit, allergik va vazomotor rinitlar) profilaktikasi va kompleks davolash.
Respirator infektsiyalarni (gripp, O'RVI va b.) profilaktikasi va kompleks davolash.
Burun bo me'da-ichak bo'shlig'idagi jarrohlik amaliyotlaridan keyingi holatlar reabilitatsiyasi.
Burun shilliq qavatini boshqa dori vositalarini qo'llashga tayyorlash.
Burun bo'shlig'ining kunlik gigiyenasi hamda noqulay omillar (chang, tutun, konditsioner va isitish tizimi havosi) ta'sirida qurish va ta'sirlanishning oldini olish.
Qo'llash usuli va dozalari:
3 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan bolalar: Har bir burun katagiga 1 purkashdan, kuniga 2-3 marta.
7 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalar: Har bir burun katagiga 1 purkashdan, kuniga 2-4 marta.
12 yoshdan oshgan bolalar va kattalar: Har bir burun katagiga 2 purkashdan, kuniga 3-5 marta (gigiyena maqsadida kuniga 2-5 marta).
Qabul kursi: 2-4 hafta (shifokor ko'rsatmasi bo'yicha).
Qarshi ko'rsatmalar: Komponentlarga yuqori sezuvchanlik, 3 yoshgacha bo'lgan bolalar. Homiladorlik va emizish davrida shifokor maslahatidan so'ng qo'llaniladi.
Nojo'ya ta'sirlari: Yengil ta'sirlanish, achishish, qichishish, allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin.
Chiqarilish shakli: 50 ml flakonlarda burun spreyi.
Saqlash sharoiti: Namlik va yorug'likdan xolis joyda, 25°C dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin. Yararoqlilik muddati: 2 yil.
Biologik faol qo'shimcha. Dori vositasi emas.
Ishlab chiqaruvchi: «New.Fa.Dem. Srl», Italiya.
O'zbekistondagi Murojaatlarni qabul qiluvchi tashkilot: "SYNERGY PHARMCO" MChJ, Toshkent sh., Yakkasaroy tumani, Imom At-Termiziy ko'chasi, 35.