Nazahelp Gel, 30 g
- Taʼsir qiluvchi modda
- Α-токоферола ацетат, Гиалуроновая кислота, Экстракт алоэ вера, Яблочный пектин, Gamamelis ekstrakti
- Ishlab chiqaruvchi
- NEW.FA.DEM.S.R.L
398 ta dorixonada mavjud
148 000 soʻmdan
Eng past narx
148 000 soʻmdan
Nazahelp Gel qoʻllash yoʻriqnomasi
Burun bo'shlig'i kasalliklarini kompleks davolash va profilaktika qilish uchun ko'p komponentli burun geli.
Faol moddalarning xususiyatlari:
Gamamelis ekstrakti: Yallig'lanishga qarshi, qonni to'xtatuvchi va antiseptik ta'sirga ega; tomirlar devorini mustahkamlaydi, shishlarni kamaytiradi va mikrotsirkulyatsiyani yaxshilaydi.
Gialuron kislotasi: Yuqori namlantirish xususiyatiga ega, shilliq qavatda himoya pardasini hosil qiladi, burun-halqum fiziologik funktsiyalarini tiklaydi, yallig me'da va ta'sirlanishni olib tashlaydi hamda to'qimalar regeneratsiyasini tezlashtiradi.
Aloe vera ekstrakti: Hujayra metabolizmi va to'qimalar tiklanishini yaxshilaydi, shilliq qavatning zararlovchi omillarga chidamliligini oshiradi, bakteriyaga va yallig'lanishga qarshi ta'sir ko'rsatadi.
Pektin: Himoya qatlamini hosil qiladi, shilliq qavatning tabiiy namligini saqlaydi va qon to'xtatuvchi xususiyatga ega.
E vitamini: Kuchli antioksidant himoyani ta'minlaydi, kollagen sintezini rag'batlantiradi va shilliq qavat tiklanishiga yordam beradi.
Qo'llash bo'yicha tavsiyalar:
Burun shilliq qavatining tabiiy holatini tiklash va tutib turish.
Shilliq qavatni namlantirish va quruq havo, chang hamda atrof-muhit omillaridan himoya barrierini yaratish.
Burun shilliq qavati quruqligi, siyraklashishi va tomirlar o'tkazuvchanligi oshishi sababli burun qonashlarida.
Quruqlik belgilari (ta'sirlanish, qichishish, achishish) va opreatsiyadan keyingi tiklanish holatlarida.
Jarrohlik amaliyotlaridan keyin shilliq qavat tiklanishini tezlashtirish.
Burun tomirlarini toraytiruvchi (tomchilar) va mahalliy gormonal dori vositalarini uzoq muddat qo'llash natijasida shilliq qavat o'zgarishlarida.
Qo'llash usuli va dozalari:
Tuba qopqog'ini burab olib, maxsus nasadka-kanyulani biriktiring. Nasadkani har bir burun katagiga kiriting va kerakli miqdordagi gelni siqib chiqaring. Kiritgandan so'ng burun qanotlarini barmog'ingiz bilan uqala shaklda massaj qilish tavsiya etiladi. Foydalangach kanyulani tozalab qo'ying.
3 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan bolalar: Kuniga 1-2 marta.
7 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalar: Kuniga 2 marta.
12 yoshdan oshgan bolalar va kattalar: Kuniga 2-3 marta.
Qabul kursi: 2-4 hafta.
Qarshi ko'rsatmalar: Komponentlarga yuqori sezuvchanlik, 3 yoshgacha bo'lgan bolalar. Homiladorlik va emizish davrida shifokor maslahatidan so'ng qo'llaniladi.
Nojo'ya ta'sirlari: Yengil ta'sirlanish, achishish, qichishish, allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin.
Chiqarilish shakli: 30 grammli tubada burun geli.
Saqlash sharoiti: Namlik va yorug'likdan xolis joyda, 25°C dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin. Yararoqlilik muddati: 3 yil.
Biologik faol qo'shimcha / Tibbiy buyum. Dori vositasi emas.
Ishlab chiqaruvchi: «New.Fa.Dem. Srl», Italiya.
O'zbekistondagi Murojaatlarni qabul qiluvchi tashkilot: "SYNERGY PHARMCO" MChJ, Toshkent sh., Yakkasaroy tumani, Imom At-Termiziy ko'chasi, 35.