Nefrosten Evalar, 0,25 g, tab. №60
- Taʼsir qiluvchi modda
- Золототысячника трава, Любистока лекарственного корни, Розмарина лекарственного листья
- Ishlab chiqaruvchi
- Эвалар, ЗАО
69 ta dorixonada mavjud
102 000 soʻmdan
Eng past narx
102 000 soʻmdan
Nefrosten Evalar qoʻllash yoʻriqnomasi
Qo'llash usuli va dozalari
Tabletkalarni ichkariga, chaynamasdan, suv bilan ichib qabul qilish kerak.
Kattalar uchun: kuniga 3 marta 2 tadan tabletka. 6 yoshdan oshgan bolalar uchun: kuniga 3 marta 1 tadan tabletka. Kasallik o'tkirligi pasaygandan so'ng, preparat bilan davolanishni 2-4 hafta davomida davom ettirish kerak.
Preparat bilan davolanish vaqtida ko'p miqdorda suyuqlik iste'mol qilish tavsiya etiladi.
Agar terapiya fonida yaxshilanish kuzatilmasa yoki simptomlar kuchaysa, yoki yangi simptomlar paydo bo'lsa, shifokor bilan maslahatlashish zarur.
Preparatni faqat ko'rsatmalarga, qo'llash usuliga va yo'riqnomada ko'rsatilgan dozalarga muvofiq qo'llang.
Nojo'ya ta'siri
Allergik reaksiyalar bo'lishi mumkin.
Oshqozon-ichak traktining buzilishlari (ko'ngil aynishi, qusish, diareya) bo'lishi mumkin.
Allergik reaksiya belgilari paydo bo'lganda, preparatni qabul qilishni to'xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
Agar sizda yo'riqnomada ko'rsatilgan nojo'ya ta'sirlar kuzatilsa, yoki ular kuchaysa, yoki siz yo'riqnomada ko'rsatilmagan boshqa har qanday nojo'ya ta'sirlarni sezsangiz, bu haqda shifokorga xabar bering.
Dozani oshirib yuborish
Bugungi kunga qadar dozani oshirib yuborish holatlari qayd etilmagan. Preparatning dozasi oshirib yuborilganda simptomatik davolash tayinlanadi.
Boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri
Antibakterial vositalar bilan kombinatsiya qilish mumkin va maqsadga muvofiqdir. Boshqa dori vositalari bilan klinik ahamiyatli o'zaro ta'siri to'g'risida ma'lumotlar mavjud emas.
Boshqa har qanday dori vositalarini bir vaqtda qo'llash zarurati tug'ilganda shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Maxsus ko'rsatmalar
Yurak yoki buyrak funksiyasining buzilishi natijasida kelib chiqqan shishlarda ko'p miqdorda suyuqlik iste'mol qilish qarshi ko'rsatiladi.
Buyrak funksiyasi buzilganda preparatni monoterapiya sifatida tayinlash mumkin emas. Buyrakning yallig'lanish kasalligi bo'lsa, maslahat olish uchun shifokorga murojaat qilish kerak.
Siydikda qon bo'lsa, siyish paytida og'riqlar yoki o'tkir siydik tutilishi bo'lsa, zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak.
Transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparatni qo'llash diqqatni jamlash va tezkor psixomotor reaksiyalarni talab qiladigan potensial xavfli faoliyat turlarini bajarish qobiliyatiga (shu jumladan, transport vositalarini boshqarish, harakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlash, dispetcher va operator ishi va h.k.) ta'sir qilmaydi.
Chiqarilish shakli
Plyonkali qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Polivinilxlorid plyonka va alyuminiy folga asosida tayyorlangan egiluvchan o'ramdan iborat kontur uyali o'ramda 20 tadan tabletka.
1, 2, 3, 4, 5, 6 ta kontur uyali o'ramlar qo'llash bo'yicha yo'riqnoma bilan birga karton qutiga joylashtiriladi.
Saqlash sharoitlari
25 °S dan yuqori bo'lmagan haroratda.
Bolalar qo'li yetmaydigan joyda saqlang.