Глицевит, таб. №30
- Taʼsir qiluvchi modda
- Глицин, Тиамина гидрохлорид, Фолиевая кислота, Пиридоксин, Гамма-аминомасляная кислота, Глутамин
- Ishlab chiqaruvchi
- Koc Ilac Sanayi Ticaret ve Anonim Sirketi
2 ta dorixonada mavjud
130 500 soʻmdan
Eng past narx
130 500 soʻmdan
Глицевит qoʻllash yoʻriqnomasi
Yordamchi moddalar: Hajm beruvchi modda: Sorbitol (E420i), bo'laklanishga qarshi agent: Yog' kislotalarining magniy tuzlari (E470b).
Xususiyatlari:Gamma aminomoyli kislota inson organizmida mavjud tabiiy metabolit hisoblanadi. Uni shuningdek o'simlik mahsulotlarida (choy bargi va kofeda, ipsimon qo'ziqorinlarda, shuningdek krestguldoshlar oilasiga mansub o'simliklar sharbatida) ham uchratish mumkin. Asab hujayralarini quvvat bilan ta'minlash bilan bog'liq muhim metabolik funksiyalarni bajaradi, kislorod taqchilligiga bardoshlilikni (antigipoksik samara) oshiradi, qon aylanishini yaxshilaydi va organizmdan almashinuv hosilalarini chiqarib tashlash jarayonida qatnashadi.Glitsin — asab tizimida sodir bo'ladigan ko'plab biohimyoviy jarayonlarda, xususan, ayniqsa emotsional zo'riqish holatida MAT da ro'y beradigan tormozlanish reaksiyasining me'yorga kelishiga yordam beradigan metabolik jarayonlarda faol ishtirok etuvchi aminokislota.L-glutamin moddalar almashinuvida ishtirok etuvchi beqiyos aminokislota, u asab va endokrin tizimlari emotsional zo'riqish holatiga ta'sir ko'rsatib, organizmning kislorod taqchilligiga bardoshliligini kuchaytiradi, jigar hujayralarini toksinlardan himoya qiladi va ammiakni chiqarib yuborishda qatnashadi. Glyutamin organizm uchun muhim hisoblangan glyutation kabi antioksidantni hosil qilishda qatnashadi.B1 va B6 vitaminlari ayrim a'zolarning ham, butun organizmning ham mo'tadil faoliyat ko'rsatishi uchun zarur bo'lgan turli fermentativ jarayonlarda ishtirok etadi. Jumladan, ular asab va yurak-qon tomir tizimida kechadigan turli kimyoviy reaksiyalarda katalizator sifatida yuz ko'rsatadi.
Qo'llanishi:Preparat 100% tabiiy parhezbop ozuqaviy qo'shimcha hisoblanadi, u modda almashinuvi jarayonlarini va asab to'qimalarining fiziologik funksiyalarini yaxshilash xossasiga ega. Glicevit quyidagi maqsadlarda tavsiya etilishi mumkin:aqliy va jismoniy ishchanlikni oshirish, aqliy va jismoniy zo'riqishlarni yengil o'tkazish uchun;barqaror ruhiy holatni, ayniqsa toliqish paytlarida, saqlab turish uchun, fikrlash, diqqat-e'tiborni kuchaytirishga yordam beradi, xotirani mustahkamlaydi;qon aylanishini yaxshilash, miyani ozuqa moddalari (glyukoza), kislorod bilan ta'minlash uchun;Ruhiy faollikni ayniqsa shiddatli va zo'riqishli aqliy faoliyat talab etiladigan favqulodda sharoitlarda qo'llash uchun ajoyib yordamchi hisoblanadi;Klimakterik yoshdagi erkaklar va ayollar ruhiy-emotsional holatni saqlab turish uchun foydali, haddan ortiq qiziqqonlikdan va kayfiyatning keskin o'zgarishlaridan asraydi, uyquning mo'tadillashuviga yordam beradi.
Qo'llash usuli va tartibi:5 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalarga 1 tabletkadan kuniga 1 mahal ovqatdan keyin.12 yosh va undan kattalarga 1 tabletkadan kuniga 2-3 mahal ovqatdan keyin ichiladi.Kurs 1-2 oy davom etadi.Qo'llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar:komponentlarga individual toqat qilmaslik;homiladorlik va emizish davri;
Maxsus ko'rsatmalar:Biologik faol qo'shimcha dori vositasi hisoblanmaydi!Tavsiya etilgan sutkalik dozadan oshmang!Tasodifiy dozani oshirib yuborgan taqdirda, mutaxassis bilan maslahatlashish lozim.
Nojo'ya ta'siri:Biologik faol qo'shimchalar hech qanday nojo'ya ta'sirlarni keltirib chiqarmaydi.
Saqlash sharoiti:Quruq, yorug'likdan himoyalangan joyda, 25 °C dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati:Ishlab chiqarilgan kundan boshlab 3 yil. Yaroqlilik muddati o'tgandan so'ng foydalanilmasin.
Chiqarilish shakli:30 tabletkali o'rovda.
Ishlab chiqaruvchi:Koç İlaç Sanayi Ticaret ve Anonim Şirketi. TURKIYE"Kapex Pharmaceutical Trading -FZCO" Dubai UAE uchun ishlab chiqarilgan