Максистол Плюс, капс. №60
- Taʼsir qiluvchi modda
- Фолиевая кислота, Инозитол, Холекальциферол
- Ishlab chiqaruvchi
- Koc Ilac Sanayi Ticaret ve Anonim Sirketi
1 ta dorixonada mavjud
318 000 soʻmdan
Eng past narx
318 000 soʻmdan
Максистол Плюс qoʻllash yoʻriqnomasi
Xususiyatlari:Mio-inozitol – B vitamini kompleksiga tegishli insulinni rag'batlantiruvchi vosita sifatida ishlaydi. Ya'ni, insulin gormoni ishini qo'llab-quvvatlaydi, bu esa o'z navbatida tuxumdonlarning ishiga ta'sir qiladi, shuningdek hayz davrini tartibga soladi va barqarorlashtiradi. Homiladorlikni rejalashtirishda inozitolni erkaklar ham qabul qilishi kerak, chunki u urug' suyuqligi sifatini va sperma harakatini yaxshilaydi.D-xiro-inozitol inulin va glyukoza metabolizmida va normal lipid, yurak-qon tomir funksiyasi va tuxumdonlar funksiyasini saqlashda ishtirok etadi. D-xiro-inozitol normal insulin funksiyasini va qonda qand almashinuvini ta'minlash uchun tavsiya etiladi.Foliy kislotasi gematopoeez organlarining funksiyalarini tartibga solish jarayonlarida faol ishtirok etadi. Makrotsitar anemiyada antianemik ta'sir ko'rsatadi. Shuningdek, u ichak va jigar funksiyalariga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, jigarda xolin miqdorini oshiradi va uning yog'li infiltratsiyasini oldini oladi. Folat kislota immunitet tizimini qo'llab-quvvatlaydi, oq qon hujayralarining normal shakllanishi va faoliyatiga yordam beradi. Homiladorlikda muhim rol o'ynaydi: u embrionning asab hujayralari shakllanishini tartibga soladi.Vitamin D3 – suyaklarning normal o'sishi va rivojlanishini qo'llab-quvvatlaydi, mineral almashinuvini tartibga solish orqali raxit va osteoporoz rivojlanishining oldini oladi, mushaklar tonusini ko'taradi, immunitetni oshiradi.Maxistol plus ruhiy holatlar (vahima, depressiya, obsessiv-kompulsiv buzilishlar)da organizmdagi ayrim kimyoviy moddalar muvozanatini tutib turishga yordam berishi mumkin. Shuningdek, insulin faoliyatini yaxshilaydi. Metabolik sindrom, tuxumdonlar polikistozi sindromi va muddatdan avval tug'ilish xavfini kamaytirishi mumkin.
Qo'llanilishi:Hayz siklini tutib turuvchi vosita sifatida va oligomenoreyada;Homilador bo'lish ehtimolini oshirish uchun;Muddatdan avval tug'ilish xavfini kamaytirish uchun;Giperandrogenli ayollarda sochlar va teri holatini yaxshilash uchun;Yog' almashinuvini tartibga soladi;Asab tolalarining sog'lom ishlashida muhim rol o'ynaydi;Miya salomatligi va xotirani tutib turuvchi ta'sir qiladi;Jigarni detoksifikatsiyadan himoya qiladi;Qon aylanish tizimi faoliyatini rag'batlantiradi, qon tomirlari devorlarini mustahkamlaydi.
Qo'llash usuli va dozalari:2 kapsuladan kuniga 2 mahal qabul qilinadi.Bepushtlikda 1ta kapsuladan 2 mahal.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar:Komponentlarga yuqori sezuvchanlik.
Maxsus ko'rsatmalar:Biologik faol qo'shimchalar dori vositasi hisoblanmaydi!Tavsiya etilgan sutkalik dozadan oshmang!Tasodifiy dozani oshirib yuborgan taqdirda, mutaxassis bilan maslahatlashish lozim.
Nojo'ya ta'siri:Biologik faol qo'shimchalar hech qanday nojo'ya ta'sirlarni keltirib chiqarmaydi.
Saqlash sharoiti:Quruq, yorug'likdan himoyalangan joyda, 25 °C dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati:Ishlab chiqarilgan kundan boshlab 3 yil. Yaroqlilik muddati o'tgandan so'ng foydalanilmasin.
Chiqarilish shakli:30 tabletkali o'ramda.
Ishlab chiqaruvchi:Koç İlaç Sanayi Ticaret ve Anonim Şirketi. TŪRKIYE"Kapex Pharmaceutical Trading -FZCO" Dubai UAE uchun ishlab chiqarilgan