Мелавит, капс. №30
- Taʼsir qiluvchi modda
- Пиридоксина гидрохлорид, Экстракт валерианы сухой, Мелатонин, Магний, экстракт имбиря лекарственного, Хмеля соплодия, Ромашки аптечной
- Ishlab chiqaruvchi
- Dottrel Healthcare
4 ta dorixonada mavjud
114 000 soʻmdan
Eng past narx
114 000 soʻmdan
Мелавит qoʻllash yoʻriqnomasi
Komponentlarning tavsifiVitamin B6. Moddalar almashinuvida muhim rol oʻynaydi; markaziy va periferik asab tizimining normal ishlashi uchun zarur. Fosforillangan shaklda piridoksin koʻplab fermentlarning kofermenti hisoblanadi. Ular aminokislotalarning nooksidlanish almashinuviga (shu jumladan dekarboksillanish va qayta aminlanish jarayonlariga) taʼsir qiladi. Piridoksin triptofan, metionin, sistein, glutamin va boshqa aminokislotalar almashinuvida ishtirok etadi. Gistamin almashinuvida muhim rol oʻynaydi. Lipid almashinuvini normallashtirishga yordam beradi.Magniy. Magniy moddalar almashinuvi jarayonlarini normallashtirish va faollashtirishga yordam beradi. Spazmolitik, antiaritmik va antiagregant taʼsir koʻrsatadi. Energiyani tashish, saqlash va utilizatsiya qilish jarayonlarini, oqsil va nuklein kislotalar sintezini, mushaklardagi (shu jumladan miokarddagi) ion balansini tartibga soladi.Valeriana. Valeriana sedativ (tinchlantiruvchi) taʼsir koʻrsatadi. U asabiy zoʻriqish natijasida kelib chiqadigan bezovtalik, qoʻzgʻaluvchanlik va taranglik kabi taʼsirlanish belgilarida umumiy holatga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Uyqusizlikda tez uxlab qolishga yordam beradi.Zanjabil ildizining quruq ekstrakti. Bu qimmatbaho oʻsimlik boʻlib, uning ildizidan foydali shifobaxsh ekstrakt olinadi. Preparat tarkibida natriy, kaliy, temir, magniy tuzlari, fosfor, kalsiy, efir moylari, aminokislotalar va boshqa mikroelementlar mavjud. Ekstrakt qon bosimini pasaytiradi, asab tizimiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi, ayollar va erkaklarda libidoni (jinsiy mayyilni) oshiradi.Moychechak ekstrakti. Tarkibida efir moylari (levomenol, bisabolol oksid A, bisabolol oksid B, bisabolol oksid A, kamazulon, spatulenol), flavonoidlar (flavon glikozidlari, flavonol glikozidlari, aglikonlar, shu jumladan kversetin, izoramnetin, patuletin, shuningdek isetsenin, krizoeriol, krizosplenetin), gidroksikumarinlar (shu jumladan umbelliferon, gerniarin) va ramnogalakturonan mavjud. Pepsinning proteolitik faolligini kamaytiradi, yalligʻlanishga qarshi taʼsir koʻrsatadi. Kamazulon va efir moylari mavjudligi tufayli lipidlarning peroksidli oksidlanishini tormozlaydi, bu esa antioksidant taʼsirni taʼminlaydi.Xmel qubbalari. Oʻsimlikdan olingan vosita. Xmel qubbalarining tinchlantiruvchi (sedativ) taʼsiri uning tarkibidagi achchiq modda — lupulin bilan bogʻliq. Biologik faol moddalar majmuasi (flavonoidlar, gormonlar, vitaminlar va boshqalar) xmel qubbalarining yalligʻlanishga qarshi, kapillyarlarni mustahkamlovchi, giposensibilizatsiya qiluvchi va ogʻriq qoldiruvchi xususiyatlarini belgilaydi. Bundan tashqari, xmel qubbalaridan tayyorlangan galen preparatlari regenerativ, bakteritsid va fungitsid (qoʻziqoringa qarshi) xususiyatlarga ega. Antimikrob faolligi tarkibidagi achchiq kislotalar — gumulon va lupulin bilan tushuntiriladi.Melatonin. Epifiz (gipofiz orqasidagi gʻurra shaklidagi bez) tomonidan ishlab chiqariladigan tabiiy gormon boʻlib, tuzilishiga koʻra serotonin gormoniga yaqin. Fizologik jihatdan melatonin sekresiyasi kunning qorongʻi vaqti boshlanishi bilan koʻpayadi, tungi soat 2:00 dan 4:00 gacha eng yuqori darajaga yetadi va tunning ikkinchi yarmida kamayadi. Melatonin sikrad ritmlarni (biologik soatni) nazorat qilish va kun-tun davriyligini qabul qilish bilan bogʻliq. Melatonin uyqu chaqiruvchi taʼsir koʻrsatadi va uyquga boʻlgan ehtiyojni (mudroqlikni) kuchaytiradi.Original MELAVIT mahsulotini qoʻllash — ateroskleroz, gipertoniya, vaqtidan oldin qarish va depressiyaning samarali profilaktikasi hisoblanadi. Toʻlaqonli dam olishni taʼminlash va bioritmlarni normallashtirish orqali ushbu qoʻshimcha ish qobiliyati va mahsuldorlikni oshirishga, kayfiyatni yaxshilashga hamda emotsional holatni barqarorlashtirishga yordam beradi. Original MELAVIT preparati uyqusizlik, depressiya, tez-tez uchraydigan stress va nevrozlardan aziyat chekuvchi shaxslarga tavsiya etiladi.
Qoʻllashga koʻrsatmalar:Tabiiy uyqu bioritmlarini tiklaydiVaqt mintaqalari (chasovoy poyas) tez almashganda uxlab qolish va uyqu tarkibini tiklaydiYoshlik va hayotiy kuchlarni qaytaradiKuchli antidepressant taʼsirga egaYuqori asabiy qoʻzgʻaluvchanlikda;Asabiy zoʻriqishda;Taʼsirlanuvchanlikda;Xavotir, tushkunlik hissi boʻlganda;Uyqu buzilishi va uyqusizlikda.
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar (Protivopokazaniya):Preparat komponentlariga nisbatan yuqori sezuvchanlik;12 yoshgacha boʻlgan bolalar.Dori vositasi hisoblanmaydi (Biologik faol qoʻshimcha). Qoʻllashdan oldin malakali tibbiyot xodimi (shifokor) bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Qoʻllash usuli va dozalari:12 yoshdan oshgan bolalar va kattalarga — sutkasiga 1–2 kapsula Original MELAVIT, yoki shifokor tavsiyasiga koʻra. Uyqusizlikda preparat dozasi uyqudan bir-ikki soat oldin 1–2 kapsulani tashkil qiladi. Kapsulalarni xona haroratidagi oz miqdordagi ichimlik suvi bilan ichish kerak.
Nojoʻya taʼsirlari:Nojoʻya taʼsirlar haqida maʼlumot kelib tushmagan.
Saqlash sharoiti:Quruq joyda, xona haroratida, toʻgʻridan-toʻgʻri quyosh nurlari tushishidan himoyalangan joyda saqlansin. Bolalar qoʻli yetmaydigan joyda saqlansin.Chiqarilish shakli: Paketda 30 ta kapsula.Saqlash muddati: 36 oy.
Ishlab chiqaruvchiDOTTREL HEALTHCAREVillage Behra, Bhagwanpur Road Derabassi IndustrialArea SAS Nagar Punjab, 140507 India (Hindiston)Kim uchun ishlab chiqarilgan:KAPEX PHARMACEUTICAL TRADING-FZCODubai UAE (BAA, Dubay)