Мелглис, 50 мл, капли
- Taʼsir qiluvchi modda
- Глицин, Мелатонин
- Ishlab chiqaruvchi
- Dottrel Healthcare
13 ta dorixonada mavjud
90 000 soʻmdan
Eng past narx
90 000 soʻmdan
Мелглис qoʻllash yoʻriqnomasi
Mahsulotning ta'siriMelatonin tabiiy gormon boʻlib, organizmda tungi uyqu vaqtida ishlab chiqariladi, u uyqu va uygʻoqlik sikllarini muvofiqlashtirishda ishtirok etadi, uyquning tabiiy jarayonlarda kechishini hamda sifatini ta'minlaydi. Yaqqol adaptogen, moʻtadil tinchlantiruvchi, shuningdek immunitetni ragʻbatlantiruvchi va antioksidant samaraga ega.Glitsin — aminokislotaning benazir turlaridan biri, inson organizmida sodir boʻladigan koʻplab biokimyoviy jarayonlarda faol ishtirok etadi. Aksariyat hollarda u miya toʻqimalarida moddalar almashinuvida katta ahamiyat kasb etadi, shu boisdan ruhiy holat bir tekis me'yorga keladi, asab impulslarini tartibga solib turadi va markaziy asab tizimidagi himoyalanuv tormozlanish jarayonlarini me'yorga keltiradi va faollashtiradi, antioksidant va antitoksik ta'sir koʻrsatadi.
Qoʻllanish sohalariMelglisning organizm uchun foydali xossalari uning tarkibiga kiruvchi komponentlar samarasi bilan belgilanadi. Mahsulot va tabiiy metabolitlar xossalarining ijobiy uygʻunlashuvi uni avvalo asab tizimi funksiyasini quvvatlantirish va uyqu va uygʻoqlik fiziologik rejimlarining moʻtadilligini ta'minlash uchun tavsiya etiladi. Melglis safarga chogʻlangan shaxslarga joy almashinuvi munosabati bilan yuzaga keladigan fiziologik noxushliklarni (oʻta toliqish, immunitet buzilishi, ruhiy-emotsional zoʻriqish va h.k.) oson yengib oʻtish uchun tavsiya qilinadi. Uyquning sifatini yaxshilash uchun tavsiya etiladi, shuningdek u uyqudan miriqib uygʻonishga yordam beradi. Ijtimoiy moslashuvga, ya'ni turmushning va hayot kechirishning yangi ritmiga tezda moslashib olishga koʻmaklashadi. Melglis ayniqsa imtihonlar, mojaroli vaziyatlarda oʻziga xos antistress samarasini yuzaga keltiradi, aqliy ishchanlik qobiliyati va koʻtarinki kayfiyat vujudga keltiradi. Melglis bepushtlik xastaligi bilan kasal ayollarda reproduktiv funksiyasini yaxshilaydi (20 tomchi kuniga bir marta).
Qoʻllash usuli va dozalari1 yoshdan 3 yoshgacha boʻlgan bolalar kuniga 3 marta 3 tomchidan.3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalar kuniga 3 marta 5 tomchidan.7 yoshdan 14 yoshgacha kuniga 2 marta 10 tomchidan.14 yoshdan va kattalarga kuniga 2 marta 15 tomchidan.Agar siz uxlashda qiyinchiliklarga duch kelsangiz: (yotishdan 30 daqiqa oldin)1 yoshdan 3 yoshgacha boʻlgan bolalar 5 tomchidan kuniga 1 marta3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalar 10 tomchidan kuniga 1 marta7 yoshdan 14 yoshgacha — 1,0 ml kuniga 1 marta14 yoshdan katta va kattalarga 1,5 ml dan kuniga 1 marta.
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar:komponentlarga individual tasirchanlik;homiladorlik va emizish davri;
Maxsus koʻrsatmalar:Biologik faol qoʻshimchalar dori vositasi hisoblanmaydi!Tavsiya etilgan sutkalik dozadan oshmang!Tasodifiy dozani oshirib yuborgan taqdirda, mutaxassis bilan maslahatlashish lozim.Tabiiy ingredientlardan foydalanilgani sababli, choʻkma hosil boʻladi va u mahsulotning sifatiga ta'sir koʻrsatmaydi.
Chiqarilish shakli va idishi:Bolalar uchun 50 ml tomchi. 1 dona flakon karton qutichada davlat va rus tilidagi yoʻriqnoma bilan birga.
Saqlash sharoitlari:Namlik va yorugʻlikdan holi joyda 25°C dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin. Bolalar olmaydigan joyda saqlansin!
Yaroqlilik muddati:Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 3-yil. Yaroqlilik muddati oʻtgach, foydalanilmasin.
Ishlab chiqaruvchi:DOTTREL HEALTHCARE, S.A.S. NAGAR, PUNJAB, INDIA."Kapex Pharmaceutical Trading -FZCO" Dubai UAE uchun ishlab chiqarilgan