Наридон Кидс, 150 мл, сироп
- Taʼsir qiluvchi modda
- Аскорбиновая кислота, Цинк, Бузина, Beta-glyukan
- Ishlab chiqaruvchi
- Koc Ilac Sanayi Ticaret ve Anonim Sirketi
4 ta dorixonada mavjud
120 000 soʻmdan
Eng past narx
120 000 soʻmdan
Наридон Кидс qoʻllash yoʻriqnomasi
Yordamchi moddalar: Deionizatsiyalangan suv, tashuvchilar: glitserin (E422), konservant: kaliy sorbat (E202), quyuqlashtiruvchi: natriy karboksimetilsellyuloza (E466), shirinlashtiruvchi: sukraloza (E955), xushboʻylantiruvchi: malina ta'mi.
Faol tarkibiy qismlarning xususiyatlariElderberry (qora buzina) ekstrakti tarkibida antotsianlar – immunitet tizimi hujayralarini ragʻbatlantiradigan va organizmga infeksiyalarga qarshi kurashishda yordam beradigan kuchli antioksidantlar mavjud. Ba'zi viruslarning koʻpayishini toʻxtatib, shamollash va gripp belgilarining davomiyligi va ogʻirligini kamaytirishga yordam beradi. Flavonoidlarning yuqori miqdori hujayralarni oksidlovchi stress va yalligʻlanishdan himoya qilishga yordam beradi, bu esa yurak va qon tomirlari uchun foydalidir. Yumshoq balgʻam koʻchiruvchi va yalligʻlanishga qarshi ta'sirga ega boʻlib, yoʻtal va burun bitishini yengillashtirishga yordam beradi.Vitamin C hujayra ichidagi kollagen hosil boʻlishi, tishlar, suyaklar va kapillyar devorlarning tuzilishini mustahkamlash uchun juda muhimdir. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari, aminokislotalar, foliy kislotasi, uglevodlar almashinuvi, lipidlar va oqsillar sintezi, temir almashinuvi, hujayralardagi nafas olish jarayonlarida qatnashadi. Antioksidant xususiyatlariga ega.Beta-glyukan tabiiy immunomodulyator hisoblanadi. Ichakka kirib, makrofaglarning faollashuviga yordam beradi – begona va toksik zarralarni ushlab va hazm qilishga qodir hujayralar, endoteliyni himoya qilish uchun zarur boʻlgan limfotsitlar (immunitet toʻsigʻi yaratiladi). Shunday qilib, beta glyukan ishtirokida mahalliy immunitet ragʻbatlantiriladi.Sink (Rux) — inson organizmining muhim elementi boʻlib, asosan eritrotsitlarda va ozroq darajada makroglobulinning bir qismi sifatida qon plazmasida boʻladi. Bu DNK, RNK va oqsillarni sintez qilishning asosiy bosqichlarini katalizlovchi 80 dan ortiq fermentlarning bir qismidir. Bu toʻqimalarning oʻsish jarayonlariga, bolalarning aqliy va jismoniy rivojlanishiga aniq ta'sir koʻrsatadi.
Foydalanish uchun koʻrsatmalar:Oziq-ovqat qoʻshimchalari NARIDON kids siropining faol tarkibiy qismlari oʻzaro bir-birini toʻldiruvchi ta'sirga ega boʻlib, immunitet tizimining ragʻbatlantirish zaruriyati bilan bogʻliq kattalar va bolalar immunitet tizimiga va tana funksiyalariga ijobiy ta'sir koʻrsatadi.NARIDON kidsdan foydalanishda tananing tabiiy himoya mexanizmlarini kuchaytirishda yordam beradi:surunkali charchoqni yengish;jismoniy va ruhiy stress oqibatlarini yengish;tez-tez shamollash va infeksiyalarga duchor boʻlganda;NARIDON kids siropi ishtahani, ovqat hazm qilishni yaxshilaydi va toʻyib ovqatlanmagan bolalarda vazn ortishiga yordam beradi.Qoʻshimchalar organizmning hayotiy funksiyalarini yaxshilashga yordam beradi, aqliy va jismoniy koʻrsatkichlarni oshiradi.
Qoʻllash usuli va dozasi:1 yoshdan 3 yoshgacha boʻlgan bolalar — kuniga 2 marta 2,5 ml dan.3 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalar — kuniga 2 marta 5 ml dan.12 yoshdan katta bolalar va kattalar — kuniga 2 marta 10 ml dan.Siropni oʻz holicha yoki iliq ichimlikka qoʻshib qabul qilish mumkin. Tavsiya etilgan kursi — 2-3 oy. Uzoq muddat foydalanish mumkin! Qabul qilishdan avval yaxshilab silkiting. Paydo boʻlgan choʻkma sifatiga ta'sir qilmaydi.
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar:komponentlarga individual tasirchanlik;homiladorlik va emizish davri (shifokor tavsiyasi bilan).
Maxsus koʻrsatmalar:Biologik faol qoʻshimchalar dori vositasi hisoblanmaydi!Tavsiya etilgan sutkalik dozadan oshmang!Tasodifiy dozani oshirib yuborgan taqdirda, mutaxassis bilan maslahatlashish lozim.Tabiiy ingredientlardan foydalanilgani sababli, choʻkma hosil boʻladi va u mahsulotning sifatiga ta'sir koʻrsatmaydi.
Chiqarilish shakli va idishi:Bolalar uchun 150 ml sirop. Oʻlchov qoshiqchasi bilan, 1 dona flakon karton qutichada davlat va rus tilidagi yoʻriqnoma bilan birga.
Saqlash sharoitlari:Namlik va yorugʻlikdan holi joyda 25°C dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin. Bolalar olmaydigan joyda saqlansin!
Yaroqlilik muddati:Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 3-yil. Yaroqlilik muddati oʻtgach, foydalanilmasin.
Ishlab chiqaruvchi:Koç İlaç Sanayi Ticaret ve Anonim Şirketi. TŪRKİYE (Turkiya)"Kapex Pharmaceutical Trading -FZCO" Dubai UAE uchun ishlab chiqarilgan