Неутум, таб. №30
- Taʼsir qiluvchi modda
- Аскорбиновая кислота, Лютеин, Фолиевая кислота (вит. Вс), Рибофлавин, Никотинамид, Кальция карбонат, Кальция пантотенат, Йод, Цианокобаламин, Железо, Медь, Цинк, Селен, Ретинола ацетат, Колекальциферол, Биотин, Магния цитрат, Тиамина хлорид, Менахинон, D,L-α-токоферола ацетат
- Ishlab chiqaruvchi
- Koc Ilac Sanayi Ticaret ve Anonim Sirketi
8 ta dorixonada mavjud
117 000 soʻmdan
Eng past narx
117 000 soʻmdan
Неутум qoʻllash yoʻriqnomasi
Yordamchi vositalar: shirin ta’m beruvchi modda: sorbitol (E420i), bog‘lanishga qarshi agent: yog‘ kislotalarining magniy tuzlari (E470b), makkajo‘xori kraxmali, shakar (saxaroza), polietilenglikol (E1521), polivinilpirrolidon (E1201), rang beruvchi: Allura Red AC (E129).
Xususiyatlari va ta’siriNEUTUM — ayollar uchun mo‘ljallangan, organizmning muhim davrlaridagi ehtiyojlarini qoplashga yordam beruvchi vitamin-mineral majmuasidir.Homiladorlikka tayyorlanish davrida: Immun tizimining faolligini oshiradi, ayollarni turli xil kasallik keltirib chiqaruvchi bakteriyalarga qarshilik ko‘rsatishi uchun umumiy mustahkamlovchi vosita sifatida foydalidir. Asab tizimining normal ishlashiga, yuqori darajadagi ta’sirlanishda, bosim kechirishda va stress kuchlanishda yordam beradi.Homiladorlik davrida: Foliy kislotasi — nerv naychasida nuqsonlar paydo bo‘lish xavfini kamaytiradi (ayniqsa I trimestrda muhim). Vitaminlar asab tizimi va miyaning shakllanishida ishtirok etadi. Yod — bolaning miyasi va intellekti rivojlanishi uchun zarur. Temir — kamqonlik xavfini kamaytiradi, gemoglobin darajasini saqlaydi, holsizlik, bosh aylanishi va nafas qisishini kamaytiradi. Kaltsiy, magniy va vitamin D₃ — homilaning suyak-tog‘ay to‘qimasini shakllanishini qo‘llab-quvvatlaydi. Lyutein — ko‘rish qobiliyatini rivojlanishiga yordam beradi.Tug‘ruqdan keyingi va emizish davrida: Organizmining tiklanishi uchun foydali, ayniqsa ko‘krak suti bilan oziqlantirilgan bo‘lsa. Gemoglobin darajasini tiklashga yordam beradi. B guruhi vitaminlari charchoqni kamaytirishga, quvvat va stressni engishga yordam beradi. Kaltsiy, magniy va vitamin D₃ — suyaklar va tishlarni sog‘lom saqlashga, surunkali charchoq va tish muammolari xavfini kamaytirishga yordam beradi. Immunitetni, teri, sochlar va tirnoqlar holatini yaxshilaydi. Laktatsiyani (gormonal jarayon orqali emas, balki umumiy sog‘lomlashtirish orqali) qo‘llab-quvvatlaydi.
Qo‘llash uchun ko‘rsatmalarQuyidagi holatlarda BAOQ (biologik faol oziq-ovqat qo‘shimchasi) sifatida tavsiya etiladi:Homiladorlikka tayyorlanish davrida;Homiladorlik davrida (ona sog‘lig‘i va embrion rivojlanishi uchun);Tug‘ruqdan keyingi tiklanish va emizish davrida.
Qo‘llash usuli va dozalariKuniga 1 ta tabletkadan 1 mahal ovqat vaqtida, ozgina suv miqdori bilan qabul qilish tavsiya etiladi.Qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
Chikarilish shakli: Tabletkalar №30 (3 ta blisterda 10 tadan) karton qadoqda ilova-yo‘riqnomasi bilan birga.
Saqlash sharoiti: 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda, namlik va nurdan himoyalangan joyda saqlansin. Bolalar tegib bilmaydigan (ololmaydigan) joyda saqlansin!
Yaroqlilik muddati: Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 3 yil. Yaroqlilik muddati o‘tgach, foydalanilmasin.
Ishlab chiqaruvchi: Koç İlaç Sanayi Ticaret ve Anonim Şirketi. TURKIYA. "Kapex Pharmaceutical Trading -FZCO" Dubai UAE uchun ishlab chiqarilgan.