Невис Актив, 50 мл, капли
- Taʼsir qiluvchi modda
- Глицин, Глутаминовая кислота, Рибофлавин (вит. B2), Гопантеновая кислота, Цианокобаламин, Никотиновая кислота, Пиридоксин, Гинкго билоба, ГАМК
- Ishlab chiqaruvchi
- Koc Ilac Sanayi Ticaret ve Anonim Sirketi
7 ta dorixonada mavjud
103 800 soʻmdan
Eng past narx
103 800 soʻmdan
Невис Актив qoʻllash yoʻriqnomasi
Yordamchi moddalar: lonsizlantirilgan suv, tashuvchi: glitserin E-422, konservant: kaliy sorbat/E202, shirinlashtiruvchi: sukraloza (E955), kislotalik regulyatori: limon kislotasi (E330).
Ta’siriGAMK: Asab hujayralarini quvvat bilan ta’minlaydi, anti toksik samara beradi va qon aylanishini yaxshilaydi.Ginko Biloba: Miya qon aylanishini yaxshilaydi, antioksidant va yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi.Glitsin: Ruhiy-emotsional zo‘riqishda asab tizimidagi tormozlanish reaksiyasini me’yorga keltiradi.Glutamin kislotasi: Organizmning kislorod tanqisligiga bardoshliligini oshiradi va jigarni toksinlardan himoya qiladi.Vitaminlar (B2, B3, B6, B12): Asab va yurak-qon tomir tizimidagi modda almashinuvi jarayonlarida ishtirok etadi.Gopanten kislotasi: Gopanten kislotasi B5 vitamini molekulasi (pantoten kislotasi) bo‘lib, o‘z ichiga GAMK qoldig‘ini va alanin kislotasining unsurini oladi. Xossalari ko‘ra gopanten kislotasi GAMK va pantoten kislotasi bilan o‘xshash. U asab tizimida kechuvchi metabolik jarayonlarda ishtirok etadi, miyaning gipoksiya va toksik moddalarning ta’siriga nisbatan bardoshliligini oshiradi, asab to‘qimalarining oziqlanishini (anabolik ta’sirini) yaxshilaydi, muloyim rag‘batlantiruvchi samara bilan tinchlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.
Qo‘llanish sohasiVitaminlar va aminokislotalar manbai sifatida quyidagi holatlarda tavsiya etiladi:Asab tizimi funksiyalarini quvvatlantirish;Xotira va diqqatni yaxshilash;Aqliy va jismoniy ish qobiliyatini oshirish;Xolesterin miqdorini muvofiqlashtirish;Uyquni me’yorlashtirish.
Qo‘llash usuli va dozalariOvqatdan 15–20 daqiqa oldin qabul qilinadi. Ishlatishdan oldin yaxshilab silking.0 dan 1 yoshgacha: kuniga 1–3 marta 1–3 tomchidan.1 yoshdan 3 yoshgacha: 5 tomchidan kuniga 1–3 marta.3 dan 6 yoshgacha: kuniga 2–3 marta 5 tomchidan.6 yosh va undan kattalarga (kattalarga ham): kuniga 3–4 marta 5 tomchidan.Qabul kursi: kamida 3 oy.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlarKomponentlarga individual ta’sirchanlik;Homiladorlik va emizish davri.
Maxsus ko‘rsatmalarBiologik faol qo‘shimchalar dori vositasi hisoblanmaydi!Tavsiya etilgan sutkalik dozadan oshmang!Tasodifiy dozani oshirib yuborgan taqdirda, mutaxassis bilan maslahatlashish lozim.Tabiiy ingrediyentlardan foydalanilgani sababli, cho‘kma hosil bo‘ladi va u mahsulotning sifatiga ta’sir ko‘rsatmaydi.
Chiqarilish shakli: Bolalar uchun 50 ml tomchi. 1 dona flakon karton qutichada davlat va rus tilidagi yo‘riqnoma bilan birga.
Saqlash sharoitlari: Namlik va yorug‘likdan holi joyda 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!
Yaroqlilik muddati: Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 3-yil. Yaroqlilik muddati o‘tgach, foydalanilmasin.
Ishlab chiqaruvchi: Koç İlaç Sanayi Ticaret ve Anonim Şirketi. TURKIYE. "Kapex Pharmaceutical Trading -FZCO" Dubai UAE uchun ishlab chiqarilgan.