Рефлекс, таб. №60
- Taʼsir qiluvchi modda
- Аскорбиновая кислота, Хондроитина сульфат, Гиалуроновая кислота, Селен, Марганец, Бор, Глюкозамина сульфат, Метилсульфонилметан (MSM), Коллаген
- Ishlab chiqaruvchi
- Koc Ilac Sanayi Ticaret ve Anonim Sirketi
15 ta dorixonada mavjud
270 000 soʻmdan
Eng past narx
270 000 soʻmdan
Рефлекс qoʻllash yoʻriqnomasi
Yordamchi moddalar: Hajm beruvchi modda: sorbitol (E420i), bo‘g‘lanishga qarshi agent: yog‘ kislotalarining magniy tuzlari (E470b), makkajo‘xori kraxmali, maltodekstrin.
Ta’rifiREFLEX — tog‘ay to‘qimasini chuqur tiklash va bo‘g‘imlar harakatchanligini yaxshilash uchun mo‘ljallangan kuchaytirilgan xondroprotektiv kompleksdir.
Komponentlarning asosiy xususiyatlari:Tog‘ayni tiklash (Glyukozamin + Xondroitin): Ular tog‘ay to‘qimasining parchalanishini sekinlashtiradi, yangi hujayralararo modda sintezini rag‘batlantiradi va bo‘g‘imlardagi og‘riqni kamaytiradi. Kollagen ishlab chiqarilishini rag‘batlantiradi, proteoglikonlar faolligini oshiradi, tog‘ay to‘qimasida suyuqlikni ushlab turishga yordam beradi, bo‘g‘im tog‘aylarida fosfor-kalsiy almashinuvini yaxshilaydi, tog‘ay va biriktiruvchi to‘qimalarning fiziologik degeneratsiyasini sekinlashtiradi. Ularning harakatchanligini oshiradi, bo‘g‘im xaltasi va tog‘aylarda mikrosirkulyatsiyani yaxshilaydi, suyak va tog‘aylarning shakllanishiga yordam beradi. Tog‘ay metabolizmiga ta’sir qiladi — anabolik jarayonlarni kuchaytiradi va katabolik jarayonlarni susaytiradi, bo‘g‘im kapsulasi o‘tkazuvchanligini oshiradi, sinovial membrana va bo‘g‘im tog‘ayi hujayralarida fermentativ jarayonlarni tiklaydi, suyak to‘qimasida kalsiy to‘planishini normallashtiradi. Antioksidant faollikka ega bo‘lib, yallig‘lanish omillari sintezini cheklaydi.Yallig‘lanishni bartaraf etish (MSM): Organik oltingugurt (MSM) kuchli yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega bo‘lib, bo‘g‘imlardagi shishni kamaytirishga yordam beradi va jismoniy zo‘riqishdan keyingi mushak og‘riqlarini yengillashtiradi.Moylash va elastiklik (Gialuron kislotasi): Sinovial (bo‘g‘im) suyuqligining asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. U "moylash" vazifasini bajarib, bo‘g‘imlarni ishqalanishdan saqlaydi va ularning amortizatsiya xususiyatlarini oshiradi.Tuzilmayi qo‘llab-quvvatlash (II turdagi kollagen): Bu kollagenning o‘ziga xos turi bo‘lib, tog‘ay to‘qimasining 50 foizini tashkil etadi. Hatto kichik dozada ham u tananing o‘z bo‘g‘imlarini yo‘q qiladigan autoimmun javobini kamaytirishga yordam beradi (ayniqsa artritlarda).Biriktiruvchi to‘qima sintezi (Vitamin C + Marganes): C vitamini va marganessiz shaxsiy kollagen ishlab chiqarish mumkin emas, marganes esa suyak va tog‘ay to‘qimalarining shakllanishi uchun zarur.Mineral qo‘llab-quvvatlash (Bor + Selen): Bor kalsiy va magniyni ushlab turishga yordam berib, suyaklar metabolizmida muhim rol o‘ynaydi. Selen bo‘g‘imlarni erkin radikallar ta’siridan himoya qiladi (antioksidant himoya).
Qabul qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar:REFLEX biologik qo‘shimchasi tog‘aylarning, paylarning va sinovial suyuqlik sekretsiyasining normal paydo bo‘lishi uchun, bo‘g‘imlarning normal funktsiyalanishi va ularning oldindan shikastlanishi va yemirilishi profilaktikasi uchun organizmga kerak bo‘lgan tayyor tabiiy biologik bog‘lamalar manbai sifatida tavsiya etiladi.REFLEX tog‘ay to‘qimalarining fiziologik regeneratsiyasi jarayonini saqlash uchun, bo‘g‘imlarning normal funktsiyalanishini saqlash uchun qabul qilish tavsiya etiladi.Mahsulot paylarning va tog‘aylarning mustahkamligini ta’minlaydi va biriktiruvchi to‘qima, sinovial suyuqlik va uning yopishqoqligini shakllanishiga ko‘maklashadi.Tog‘aylarning, ayniqsa, uzoq jismoniy kuchlanishda (sportchilarda, yuk ko‘taruvchilarda), ortiqcha yemirilishi haqida ogohlantiradi, mushaklarni mustahkamlashda va tana elastikligini uzoq saqlashda ko‘maklashadi, soch o‘sishi va holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.REFLEX biologik qo‘shimchasini bo‘g‘im vazifalarining reabilitatsion tiklanishi uchun, shuningdek, bo‘g‘im, tog‘aylarning oldindan yemirilishi va buzilishi profilaktikasi uchun tavsiya qilish mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar:Mahsulot tarkibiy qismlariga sezuvchanlik bo‘lganda. 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar, homilador va ko‘krak bilan emizayotgan ayollar.
Qo‘llash usuli va dozalari:Kattalarga ovqat vaqtida kuniga 1 marta 1 ta tabletkadan. Preparatni qabul qilishdan oldin davolovchi shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Saqlash sharoitlari:25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda, namlik va nurdan himoyalangan joyda saqlansin. Bolalar tegib bilmaydigan (ololmaydigan) joyda saqlansin!
Chiqarilish shakli:Tabletkalar №60 shisha (plastik) qadoqda.
Yaroqlilik muddati:Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 3 yil. Yaroqlilik muddati o‘tgach, foydalanilmasin.
Ishlab chiqaruvchi:Koç İlaç Sanayi Ticaret ve Anonim Şirketi. TURKIYE."Kapex Pharmaceutical Trading -FZCO" Dubai UAE uchun ishlab chiqarilgan.