Sinbotik, 50 ml, tomchilar
- Taʼsir qiluvchi modda
- Экстракт мелиссы, Экстракт плодов фенхеля, Экстракт цветков ромашки, Эфирное масло звездчатого аниса, Эфирное масло семян тмина
- Ishlab chiqaruvchi
- Gricar Chemical, S.R.L
1112 ta dorixonada mavjud
141 400 soʻmdan
Eng past narx
141 400 soʻmdan
Sinbotik qoʻllash yoʻriqnomasi
Qo'llash uchun tavsiyalar:
- chaqaloqlar kolikasining oldini olish va kompleks davolash;
- meteorizm (ichak dam bo'lishi);
- peristaltikaning buzilishi va ichak spazmlari;
- chaqaloqlarda ovqat hazm qilishning buzilishi, shu jumladan fermentlar va oshqozon shirasining yetishmovchiligida.
Qo'llash usuli va dozalari:
0 dan 1 yoshgacha kuniga 3 marta 5-8 tomchidan;
1- 3 yosh kuniga 3 marta 8-10 tomchidan;
4 - 6 yosh kuniga 3 marta 15-20 tomchidan;
6 - 12 yosh kuniga 3 marta 20-30 tomchidan;
12 yoshdan oshgan kuniga 3 marta 30-40 tomchidan.
Qo'llashdan oldin flakonni chayqating!
Tomchilar ovqatdan keyin ichkariga qabul qilinadi. Qabul qilish kursi kasallikning og'irligi va ta'siriga qarab 1-3 oy.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar:
Komponentlarga individual intolerans.
Maxsus ko'rsatmalar:
Ortiqcha gaz hosil bo'lishi va/yoki ichak kolikasi simptomlari uzoq vaqt davomida saqlanib qolsa, shifokor bilan maslahatlashish zarur.
Chiqarilish shakli: Flakon 50 ml.
Saqlash sharoitlari va muddatlari: namlik va yorug'likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo'lmagan haroratda, bolalar qo'li yetmaydigan joyda saqlang. Saqlash muddati 3 yil. Tabiiy komponentlar ta'mi, rangi bo'yicha farqlarni va ozgina cho'kmani keltirib chiqarishi mumkin.