Solodkovogo kornya, 90 ml, sirop
- Ishlab chiqaruvchi
- Torimed Pharm, OOO
25 ta dorixonada mavjud
3 200 soʻmdan
Eng past narx
3 200 soʻmdan
Solodkovogo kornya qoʻllash yoʻriqnomasi
Qo'llash usuli va dozalari
Ichkariga. Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar – kuniga 3-4 marta 1 desert qoshiqdan (10 ml); 2 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalar – kuniga 3-4 marta 1 choy qoshiqdan (5 ml). 2 yoshgacha bo'lgan bolalar – kuniga 3-4 marta 1/2 choy qoshiqdan (2,5 ml). Davolash kursi davomiyligi – 7-10 kun. Zarurat bo'lganda davolash kursini 2 haftagacha uzaytirish mumkin. Qo'llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Nojo'ya ta'sirlari
Allergik reaksiyalar, dispeptik hodisalar (jig'ildon qaynashi, ko'ngil aynishi, diareya) bo'lishi mumkin. Kam hollarda arterial qon bosimining ko'tarilishi, periferik shishlar paydo bo'lishi mumkin.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik, homiladorlik, emizish davri, 2 yoshgacha bo'lgan bolalar, saxaraza/izomaltaza tanqisligi, fruktozani o'zlashtira olmaslik, glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi, jigar va buyrak funksiyasining og'ir buzilishlari.
Maxsus ko'rsatmalar
Preparat tarkibida shakar mavjud, buni qandli diabet bilan og'rigan bemorlar va gipokaloriyali parhezda bo'lgan shaxslar hisobga olishlari kerak. Preparatning maksimal sutkalik dozasida 12,0 g saxaroza mavjud. Davolash davrida avtotransportni boshqarishda va yuqori diqqatni jamlash hamda tezkor psixomotor reaksiyalarni talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak (etanol tarkibi tufayli). Preparatni qo'llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing va batafsil yo'riqnomani o'qing.