Solodkovogo kornya, 90 ml, sirop
- Ishlab chiqaruvchi
- Ruhshona Med Farm, OOO
132 ta dorixonada mavjud
3 000 soʻmdan
Eng past narx
3 000 soʻmdan
Solodkovogo kornya qoʻllash yoʻriqnomasi
Qo'llash usuli va dozalari
Ichga. Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar – 1 desert qoshiqdan (10 ml) kuniga 3-4 marta; 2 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalar – 1 choy qoshiqdan (5 ml) kuniga 3-4 marta. 2 yoshgacha bo'lgan bolalarga – 1/2 choy qoshiqdan (2,5 ml) kuniga 3-4 marta. Davolash kursi davomiyligi – 7-10 kun. Zarur bo'lganda davolash kursi davomiyligini 2 haftagacha oshirish mumkin. Qo'llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Nojo'ya ta'sirlari
Allergik reaksiyalar, dispeptik hodisalar (jig'ildon qaynashi, ko'ngil aynishi, diareya) bo'lishi mumkin. Kam hollarda arterial qon bosimining ko'tarilishi, periferik shishlarning paydo bo'lishi mumkin.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik, homiladorlik, emizish davri, 2 yoshgacha bo'lgan bolalik yoshi, saxaraza/izomaltaza tanqisligi, fruktozani o'zlashtira olmaslik, glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi, jigar va buyrak funksiyasining og'ir buzilishlari.
Maxsus ko'rsatmalar
Preparat tarkibida shakar mavjud, buni qandli diabet bilan og'rigan bemorlar va gipokaloriyali parhezda bo'lgan shaxslar hisobga olishlari kerak. Preparatning maksimal sutkalik dozasida 12,0 g saxaroza mavjud. Davolash davrida avtotransportni boshqarishda va yuqori diqqatni jamlash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak (etanol mavjudligi sababli). Preparatni qo'llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing va batafsil yo'riqnomani o'qing.