Sunipran, 400 mg, tab. №60
- Ishlab chiqaruvchi
- Vida Verde Pharm, ООО
10 ta dorixonada mavjud
40 000 soʻmdan
Eng past narx
40 000 soʻmdan
Sunipran qoʻllash yoʻriqnomasi
Qo'llash usuli va dozalari: Ichga, chaynamasdan, oz miqdorda suv bilan qabul qilinadi. 6 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalar: ovqatdan keyin kuniga 2 marta 1 tabletkadan. 12 yoshdan oshgan bolalar va kattalar: ovqatdan keyin kuniga 3 marta 1 tabletkadan. Davolash kursi 10-15 kunni tashkil etadi. Agar simptomlar 15 kundan ortiq davom etsa yoki vaqti-vaqti bilan takrorlansa, shifokor bilan maslahatlashish zarur.
Qo'llash uchun ko'rsatmalar:
O'tkir va surunkali sinusitlar (frontit, etmoidit, sfenoidit, yuqori jag' sinusiti), bronxitlar, traxeitlar, sekret hosil bo'lishi bilan kechadigan
burun to'sig'i yoki burun chig'anoqlari sohasida jarrohlik aralashuvlar natijasida operatsiyadan keyingi asoratlarning oldini olish uchun
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar: Preparat tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik, 6 yoshgacha bo'lgan bolalar
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llash: Preparatni emizish va homiladorlik davrida qabul qilish tavsiya etilmaydi
Nojo'ya ta'siri: Allergik reaksiyalar, dispepsiya bo'lishi mumkin. Nojo'ya ta'sirlar paydo bo'lganda preparatni qabul qilishni to'xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
Dozani oshirib yuborish: Dozani oshirib yuborilganda dozaga bog'liq nojo'ya ta'sirlarning kuchayishi mumkin. Davolash – simptomatik.
Boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri: Antibakterial dori vositalari bilan kombinatsiya qilish mumkin va maqsadga muvofiqdir. Boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri noma'lum.
Saqlash sharoiti: Bolalar qo'li etmaydigan joyda 25 C dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlang.
Yaroqlilik muddati: 2 yil. Qadoqda ko'rsatilgan sanadan keyin ishlatmang.