Тимекс, 150 мл, сироп
- Taʼsir qiluvchi modda
- Трава тимьяна
- Ishlab chiqaruvchi
- Koc Ilac Sanayi Ticaret ve Anonim Sirketi
29 ta dorixonada mavjud
112 000 soʻmdan
Eng past narx
112 000 soʻmdan
Тимекс qoʻllash yoʻriqnomasi
Yordamchi modda: ionsizlantirilgan suv, tashuvchi: glitserin/E422, konservant: kaliy sorbati/E202, quyuqlashtiruvchi: ksantin yelimi/E415, shirinlashtiruvchi: sukraloza/E955.
Asosiy terapevtik ta’sirlar:Balg‘am ko‘chirishuvchi va yo‘talga qarshi: Balg‘amni suyultiradi, uning chiqishini osonlashtiradi va bronxlar spazmini bartaraf etadi. Ko‘pincha bronxitlar va yuqori nafas yo‘llari infeksiyalarida qo‘llaniladi.Antimikrob va antiseptik: Bakteriyalar (jumladan, S. aureus, E. coli), zamburug‘lar (masalan, Candida avlodi) va ba’zi viruslarga qarshi kuchli faollik ko‘rsatadi.Yallig‘lanishga qarshi va og‘riq qoldiruvchi: Yallig‘lanish mediatorlari ishlab chiqarilishini kamaytiradi, bu esa artritlar, revmatik og‘riqlar va og‘iz shilliq qavati yallig‘lanishlarini davolashda yordam beradi.Antioksidant: Oksidlovchi stressga qarshi kurashadi va hujayralarni erkin radikallar ta’siridan himoya qiladi.Spazmolitik: Oshqozon-ichak traktining silliq mushaklari spazmlarini bartaraf etib, dispepsiya, sanchiq va meteorizmda yordam beradi.Immunomodulyator: Organizming himoya kuchlarini mustahkamlashga yordam beradi.
Qo‘llash uchun ko‘rsatmalar:Nafas olish tizimi: yo‘tal, bronxit, laringit, angina (chayish).Ovqat hazm qilish: gastrit, meteorizm, ishtahani ochish.Dermatologiya: yaralarga antiseptik ishlov berish, akne, dermatitlar.Stomatologiya: stomatit (chayish uchun antiseptik).
Qabul qilish usuli va dozasi:0-1 yoshli bolalar: 2,5 ml dan kuniga 1-2 marta.1-6 yoshli bolalar: 2,5-5 ml dan va kuniga 2-3 marta.6-12 yoshli bolalar: 5 ml dan kuniga 3 marta.12 yoshdan katta o‘smirlar va kattalar: 10-15 ml dan kuniga 3 mahal.Ovqatdan keyin ichilsin. Ishlatishdan oldin flakonni chayqating.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar:Komponentlarga individual tasirchanlik;Homiladorlik va emizish davri;
Maxsus ko‘rsatmalar:Biologik faol qo‘shimchalar dori vositasi hisoblanmaydi!Tavsiya etilgan sutkalik dozadan oshmang!Tasodifiy dozani oshirib yuborgan taqdirda, mutaxassis bilan maslahatlashish lozim.Tabiiy ingrediyentlardan foydalanilgani sababli, cho‘kma hosil bo‘ladi va u mahsulotning sifatiga ta’sir ko‘rsatmaydi.
Chiqarilish shakli va idishi:Bolalar uchun 150 ml sirop o‘lchov stakanchasi va qoshiqcha bilan butlangan, 1 dona flakon karton qutichada davlat va rus tilidagi yo‘riqnoma bilan birga.
Saqlash sharoitlari:Namlik va yorug‘likdan holi joyda 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!
Yaroqlilik muddati:Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 3-yil. Yaroqlilik muddati o‘tgach, foydalanilmasin.
Ishlab chiqaruvchi:Koç İlaç Sanayi Ticaret ve Anonim Şirketi. TURKIYE"Kapex Pharmaceutical Trading -FZCO" Dubai UAE uchun ishlab chiqarilgan