Travyanoy chay Zhelchegonnyy Munis, 1 g, paketlar. №25
- Ishlab chiqaruvchi
- Flora Uniprom, XK
228 ta dorixonada mavjud
6 000 soʻmdan
Eng past narx
6 000 soʻmdan
Travyanoy chay Zhelchegonnyy Munis qoʻllash yoʻriqnomasi
Qo'llash usuli va dozalari
1 paket choy ustiga 200 ml qaynoq suv quyiladi, 15-20 daqiqa damlanadi, suziladi yoki paket siqiladi. Kuniga 2-3 marta ovqatdan 30 daqiqa oldin 1 stakandan qabul qilinadi. Qabul qilish kursi – 3-4 hafta. Zarur bo'lganda shifokor bilan maslahatlashgandan so'ng kursni takrorlash mumkin.
Nojo'ya ta'sirlari
Kam hollarda choy tarkibiy qismlariga allergik reaksiyalar, masalan, teri toshmasi, qichishish, eshakemi bo'lishi mumkin. Ushbu simptomlar paydo bo'lganda choyni qabul qilishni to'xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak. Ayrim hollarda dispeptik hodisalar (ko'ngil aynishi, jig'ildon qaynashi, diareya) bo'lishi mumkin.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Choy tarkibiy qismlariga individual o'zlashtira olmaslik. Jigar va o't yo'llarining o'tkir yallig'lanish kasalliklari. O't-tosh kasalligi. Homiladorlik va laktatsiya davri. 12 yoshgacha bo'lgan bolalar.
Maxsus ko'rsatmalar
Qo'llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. Choy transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi. Tavsiya etilgan dozadan oshirmang.