Tselebniy chay Kukuruzniye Ryltsa Navbahor, paketiki. №25
- Taʼsir qiluvchi modda
- Кукурузы столбики с рыльцами
- Ishlab chiqaruvchi
- Flora Uniprom, XK
4 ta dorixonada mavjud
13 000 soʻmdan
Eng past narx
13 000 soʻmdan
Tselebniy chay Kukuruzniye Ryltsa Navbahor qoʻllash yoʻriqnomasi
Qo'llash usuli va dozalari
2 ta filtr-paket (2 g) emallangan idishga solinadi, 200 ml (1 stakan) qaynoq suv quyiladi, qopqoq bilan yopiladi va 15 daqiqa davomida damlanadi, vaqti-vaqti bilan qoshiq bilan paketchalarni bosib turiladi. So'ngra filtr-paketlar siqib olinadi. Olingan damlama hajmi qaynatilgan suv bilan 200 ml gacha yetkaziladi. Iliq holda ovqatlanishdan 30 daqiqa oldin kuniga 3-4 marta 1/4 - 1/3 stakandan ichiladi. Davolash kursi 10-14 kun. Qo'llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Nojo'ya ta'sirlari
Allergik reaksiyalar bo'lishi mumkin (teri toshmasi, qichishish, eshakemi). Kamdan-kam hollarda dispeptik hodisalar (ko'ngil aynishi, qusish, diareya) bo'lishi mumkin.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Individual o'zlashtira olmaslik, preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Yaqqol gipotoniya (past arterial bosim), homiladorlik va emizish davrida, 12 yoshgacha bo'lgan bolalarga qo'llash tavsiya etilmaydi.
Maxsus ko'rsatmalar
Uzoq muddat qo'llanilganda qon ivish ko'rsatkichlarini nazorat qilish kerak. Nojo'ya ta'sirlar paydo bo'lganda qabul qilishni to'xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.