Tsink Madad, 25 mg, tab. №60
- Taʼsir qiluvchi modda
- Цинк
- Ishlab chiqaruvchi
- Madad Med, MChJ
Mavjud emas
Tanlangan shaharda bu dori hozir yoʻq
Tsink Madad qoʻllash yoʻriqnomasi
Qo'llash usuli va dozalari
2 oydan 6 oygacha bo'lgan chaqaloqlar uchun - og'iz orqali 10 mg (½ tabletka) dozada kuniga bir marta 10-14 kun davomida qo'llaniladi. 6 oydan 5 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun - og'iz orqali 20 mg (1 tabletka) dozada kuniga bir marta 10-14 kun davomida qo'llaniladi. Tabletkani (yoki yarim tabletkani) 1 choy qoshiq (5 ml) qaynatilgan suvda yoki ona sutida eritish kerak, shundan so'ng og'iz orqali qo'llaniladi.
Kattalar uchun 20 mg (1 tabletkadan 1-2 marta) kuniga yoki shifokor tavsiyasiga ko'ra qo'llaniladi.
Preparatni ovqatlanish oralig'ida qabul qilish tavsiya etiladi, agar preparatni qabul qilgandan keyin 30 daqiqa ichida qusish yuz bersa, qayta qabul qilish kerak.
Preparatni qabul qilish o'tkazib yuborilganda, yetishmayotgan dozani imkon qadar tezroq qabul qilish mumkin, ammo keyingi qo'llashdan 6 soat oldin emas.