Sink Plyus Zn+, 25 mg, tab. №30
- Taʼsir qiluvchi modda
- Цинк
- Ishlab chiqaruvchi
- Neo-labs, ООО
11 ta dorixonada mavjud
25 000 soʻmdan
Eng past narx
25 000 soʻmdan
Sink Plyus Zn+ qoʻllash yoʻriqnomasi
Qo'llash usuli va dozalari
2 oydan 6 oygacha bo'lgan chaqaloqlar uchun - og'iz orqali 10 mg (½ tabletka) dozada kuniga bir marta 10-14 kun davomida qo'llaniladi. 6 oydan 5 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun - og'iz orqali 20 mg (1 tabletka) dozada kuniga bir marta 10-14 kun davomida qo'llaniladi. Tabletkani (yoki yarim tabletkani) 1 choy qoshiq (5 ml) qaynatilgan suvda yoki ona sutida eritish kerak, shundan so'ng og'iz orqali qo'llaniladi.
Kattalar uchun kuniga 20 mg (1 tabletkadan 1-2 marta) yoki shifokor ko'rsatmasi bo'yicha qo'llaniladi.
Preparatni ovqatlanish oralig'ida qabul qilish tavsiya etiladi, agar preparat qabul qilingandan keyin 30 daqiqa ichida qusish sodir bo'lsa, qayta qabul qilish kerak.
Preparat qabul qilinishi o'tkazib yuborilganda, yetishmayotgan doza imkon qadar tezroq qabul qilinishi mumkin, ammo keyingi qabul qilishdan 6 soat oldin emas.