Tsink Protekt + Vit. S, tab. №60
- Ishlab chiqaruvchi
- Badex Life, OOO
86 ta dorixonada mavjud
30 000 soʻmdan
Eng past narx
30 000 soʻmdan
Tsink Protekt + Vit. S qoʻllash yoʻriqnomasi
Qo'llash usuli va dozalari
Kattalar uchun kuniga 1 tabletkadan ovqatlanish vaqtida. Qabul qilish davomiyligi - 1 oy. Zarur bo'lganda, shifokor bilan maslahatlashgandan so'ng qabul qilishni takrorlash mumkin.
Nojo'ya ta'sirlari
Kamdan-kam hollarda qo'shimcha komponentlariga allergik reaksiyalar, masalan, teri toshmasi, qichishish, eshakemi bo'lishi mumkin. Och qoringa qabul qilinganda ko'ngil aynishi, jig'ildon qaynashi, qorin og'rig'i kabi dispeptik hodisalar yuzaga kelishi mumkin. Nojo'ya ta'sirlar paydo bo'lganda qabul qilishni to'xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Mahsulot komponentlariga individual o'zlashtira olmaslik, homiladorlik, emizish davri, 18 yoshgacha bo'lgan bolalar. Qo'llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Maxsus ko'rsatmalar
BFQ, biologik faol parhez qo'shimchasi, dori vositasi hisoblanmaydi. Tavsiya etilgan dozadan oshirmang. Bolalar qo'li yetmaydigan joyda saqlansin. Qo'shimchani qabul qilish davrida dozani oshirib yubormaslik uchun rux va S vitaminining boshqa manbalardan kelib tushishini hisobga olish kerak.