Sink, tab. №20
- Ishlab chiqaruvchi
- Dora Line, ООО
181 ta dorixonada mavjud
16 000 soʻmdan
Eng past narx
16 000 soʻmdan
Sink qoʻllash yoʻriqnomasi
2 oydan 6 oygacha bo'lgan chaqaloqlar uchun - 10-14 kun davomida kuniga bir marta 10 mg (½ tabletka) dozada og'iz orqali qo'llaniladi.
6 oydan 5 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun - 10-14 kun davomida kuniga bir marta 20 mg (1 tabletka) dozada og'iz orqali qo'llaniladi.
Tabletkani (yoki tabletkaning yarmini) 1 choy qoshiq (5 ml) qaynatilgan suvda yoki ona sutida eritib, so'ngra og'iz orqali qo'llash kerak.
Kattalar uchun kuniga 20 mg (1 tabletkadan 1-2 marta) yoki shifokor ko'rsatmasiga binoan qo'llaniladi.
Preparatni ovqatlanish oralig'ida qabul qilish tavsiya etiladi, agar preparatni qabul qilgandan keyin 30 daqiqa ichida qusish sodir bo'lsa, takroriy qabul qilish kerak.
Preparatni qabul qilish o'tkazib yuborilganda, etishmayotgan dozani imkon qadar tezroq qabul qilish mumkin, ammo keyingi qabul qilishdan 6 soat oldin emas.