Tsunami Forte, kaps. №60
- Taʼsir qiluvchi modda
- Сухой концентрат сока клюквы крупноплодной, Сухой экстракт плодов клюквы крупноплодной
- Ishlab chiqaruvchi
- Adipharm Ltd
Mavjud emas
Tanlangan shaharda bu dori hozir yoʻq
Tsunami Forte qoʻllash yoʻriqnomasi
Siydik yo'llari infektsiyalarining (tsistit, piyelonefrit, uretrit) oldini olish va majmuaviy davolash.
Siydik-jinsiy tizimi kasalliklari qaytalanishining (retsidivlarining) oldini olish.
Siydik chiqaruvchi a'zolarning normal faoliyatini tutib turish.
Qo'llash usuli va dozalari:
Ichga, ovqatdan so'ng, yetarli miqdordagi suv bilan qabul qilinadi.
Profilaktika uchun: 3 yoshdan oshgan bolalar va kattalarga — kuniga 1–2 kapsuladan.
Majmuaviy davolashda: kuniga 2–6 kapsuladan.
Qabul qilish davomiyligi: 3–4 hafta. Zaruriyat tug'ilganda 2 haftalik tanaffusdan so'ng kursni takrorlash mumkin.
Qarshi ko'rsatmalar:
Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Me'da-ichak yo'llarining otkir yallig'lanish kasalliklari (me'da va 12 barmoqli ichak yara kasalligi xuruj davri).
3 yoshgacha bo'lgan bolalar.
Saqlash sharoiti: Yorug'likdan himoyalangan va quruq joyda, 25 °C dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin. Bolalar qo'li etmaydigan joyda saqlansin.