Ubikar, kaps. №30
- Taʼsir qiluvchi modda
- L-карнитин, Коэнзим Q10
- Ishlab chiqaruvchi
- Honor Ilac, Ltd
707 ta dorixonada mavjud
118 900 soʻmdan
Eng past narx
118 900 soʻmdan
Ubikar qoʻllash yoʻriqnomasi
Qo'llash usuli va dozalari
12 yoshdan boshlab kuniga 1 marta 1 kapsuladan, qo'llash davomiyligi 3 oygacha
Nojo'ya ta'sirlari
Kamdan-kam hollarda preparat tarkibiy qismlariga allergik reaktsiyalar, masalan, teri toshmasi, qichishish, eshakemi bo'lishi mumkin. Shuningdek, oshqozon yoki ichakda noqulaylik paydo bo'lishi mumkin. Nojo'ya ta'sirlar paydo bo'lganda, preparatni qabul qilishni to'xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat tarkibiy qismlariga individual sezgirlik. Oshqozon-ichak traktining o'tkir yallig'lanish kasalliklari, masalan, oshqozon va o'n ikki barmoqli ichak yara kasalligi zo'rayish bosqichida, o'tkir xoletsistit, pankreatitda qo'llash tavsiya etilmaydi. 18 yoshgacha bo'lgan bolalar, homilador va emizikli ayollarga (xavfsizlik bo'yicha ma'lumotlar yetarli emasligi sababli) qo'llash tavsiya etilmaydi.
Maxsus ko'rsatmalar
Qo'llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. Agar bir necha kun davomida simptomlar saqlanib qolsa yoki yomonlashsa, tashxisni aniqlashtirish va davolashni to'g'rilash uchun shifokorga murojaat qilish kerak.