Ukrop Bebi, 50 ml, kapli
- Ishlab chiqaruvchi
- Madina Farm Med, OOO
118 ta dorixonada mavjud
8 000 soʻmdan
Eng past narx
8 000 soʻmdan
Ukrop Bebi qoʻllash yoʻriqnomasi
Qo'llash usuli va dozalari
1 oylik va undan katta bolalar uchun: 1 choy qoshiqdan (5 ml) kuniga 3-6 marta ovqatlanish oralig'ida. Ishlatishdan oldin chayqatilsin. Sof holda berish yoki suv yoki bolalar ovqatiga qo'shish mumkin.
Nojo'ya ta'sirlari
Kam hollarda mahsulot tarkibiy qismlariga allergik reaksiyalar bo'lishi mumkin. Allergik reaksiyalar paydo bo'lganda foydalanishni to'xtating va shifokor bilan maslahatlashing.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Mahsulot tarkibiy qismlariga individual o'zlashtira olmaslik.
Maxsus ko'rsatmalar
Qo'llashdan oldin pediatr shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. Tavsiya etilgan dozani oshirmang. BFQ, biologik faol qo'shimcha, dori vositasi hisoblanmaydi.