Ukropnaya vodichka-LIK, 50 ml, flak.
- Ishlab chiqaruvchi
- Lekinterkaps, ООО
168 ta dorixonada mavjud
7 500 soʻmdan
Eng past narx
7 500 soʻmdan
Ukropnaya vodichka-LIK qoʻllash yoʻriqnomasi
Qo'llash usuli va dozalari
2 haftalikdan 1 oylikkacha bo'lgan bolalarga: 1 choy qoshiqdan (5 ml) har ovqatlantirishdan oldin (kuniga 3-6 marta). 1 oylikdan 6 oylikkacha bo'lgan bolalarga: 1 choy qoshiqdan (5 ml) kuniga 6-10 marta. 6 oylikdan katta bolalarga: 2 choy qoshiqdan (10 ml) kuniga 3-6 marta. Ishlatishdan oldin chayqatilsin. Sof holda berish yoki ichimlik suvi yoki ona sutiga qo'shish mumkin.
Nojo'ya ta'sirlari
Kam hollarda preparat tarkibiy qismlariga allergik reaksiyalar bo'lishi mumkin.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat tarkibiy qismlariga individual o'zlashtira olmaslik.
Maxsus ko'rsatmalar
Qo'llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. Simptomlar saqlanib qolsa yoki holat yomonlashsa, shifokorga murojaat qilish kerak.